04:48 18 Yanvar 2018
Efir
Vыstupleniye Shavkata Mirziyoyeva vo vremya poslaniya Oliy Majlisu

Mirziyoyev yopiq eshiklar ortida saqlanayotgan noyob boyliklar haqida gapirdi

Press-slujba prezidenta RUz
Siyosat
Havola olish
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)
427270

Eshiklar ochilmaydi. Bu noyob boyliklar oʻz egalarini kutib yotibdi, dedi prezident

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolariga Murojaatnomasi hozirgi kunda Oʻzbekiston qoʻyozma fondlarida saqlanayotgan 100 mingdan ziyod qoʻlyozma asarlar haqida gapirdi.

Prezident ular shu kunga qadar toʻliq oʻrganilmaganini qayd etdi.

"Bunday hajmdagi noyob qoʻlyozma meroslar boshqa hech bir davlatda yoʻq. Bizda esa eshiklar ochilmaydi. Qoʻlyozmalar oʻz olimlarini kutib yotibdi. Ijro organlarining tushiga kirib chiqarmikinman, deb yotibdi ular", — dedi kuyunish bilan Mirziyoyev.

Oʻzbekiston rahbari Al-Buxoriy, Nasafiylar yetishib chiqqan yurtda adashganlar boʻlishi mumkin emasligi, noyob meros egalari boʻla turib, ularni jahon hamjamiyatiga yetkazish boʻyicha yetarlicha ishlar qilinmaganligi haqida afsus bilan gapirdi.

Prezident, shuningdek, Oʻzbekistonda bugungi kunda birorta ham yetuk teolog olim yoʻqligi masalasiga toʻxtalib oʻtdi.

"Maʼrifiy bilimlar ota-bobolarimiz qoldirgan moʻʼtabar kitoblarda emasmi?", — dedi prezident va "Shunday bilimlarga ega xalq sifatida yurtimizda aqidaparastlarning chiqishi yarashmaydi", — deya qoʻshimcha qildi.

Mavzu:
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)

Asosiy mavzular