04:54 18 Yanvar 2018
Efir
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqi 2018 yilda nelarga tayyor turishi kerakligini aytdi

Pres-slujba prezidenta RUz
Siyosat
Havola olish
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)
181230

"Oʻzimiz oʻzimizga xiyonat qilmasak, halol-pok boʻlib mehnat qilsak koʻzlagan maqsadimizga yetamiz", dedi Oʻzbekiston rahbari

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Joriy yil 22 dekabr kuni oʻtkazilgan yigʻilishda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yilda Oʻzbekiston xalqi nimalarga tayyor boʻlishi kerakligi haqida gapirdi.

"2018 yil biz uchun oson boʻlmaydi, bu yilgidan ham qiyin boʻladi. Ammo tosh kelsa kemirib, suv kelsa simirib boʻlsa ham tanlagan yoʻlimizdan qaytmasligimiz shart. Chunki bugun gap xalqimiz taqdiri, bolalarimizning ertangi kundagi kamoli haqida bormoqda. Shu bois belimizni mahkam bogʻlab ishlashimiz kerak", — dedi Mirziyoyev.

Prezidentning ushbu soʻzlarini yigʻilish ishtirokchilari davomli olqishlar bilan qarshi oldilar.

"Oʻzimiz oʻzimizga xiyonat qilmasak, halol-pok boʻlib mehnat qilsak koʻzlagan maqsadimizga yetamiz", dedi Oʻzbekiston rahbari.

Mirziyoyev oʻz nutqi yakunida Oʻzbekiston xalqiga sogʻlik-salomatlik, farzandlar va vatan kamolini koʻrishlik nasib qilishini tiladi.

Mavzu:
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)

Asosiy mavzular