04:52 18 Yanvar 2018
Efir
Shavkat Mirziyoyev

Mirziyoyev: hokimga kim huquq bergan birovni haqorat qilishga?!

© Facebook
Siyosat
Havola olish
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)
238391

Odamlar bilan gaplashishni bilmagani uchun hokimlar jazoga tortildi, dedi Oʻzbekiston prezidenti

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni oʻtkazgan yigʻilishda 2017 yil xalq bilan muloqot qilish, uning dardu tashvishlari hayotiy muammolarini samarali hal etish boʻyicha yangi tizim yaratilgani, joylarda rahbarlarning yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklarini tezlik bilan bartaraf etish yuzasidan shaxsiy javobgarligi kuchaygani mazkur tizimning muhim natijasi boʻlganini taʼkidladi.

"Bu nima degani? Salgina boʻlsayam ijro organining hamma quyi boʻgʻinida javobgarlik boʻldi. Nimaga? Nazorat boʻldi. Qanaqa? Prezident qabulxonasiga boradi", — dedi oʻz nutqi davomida Mirziyoyev.

Oʻzbekiston rahbari hali odamlar oʻzgarmaganini qoʻshimcha qildi.

"Hali odamlar oʻzgargani yoʻq. Madaniyati oʻzgargani yoʻq. Rahbarlarimizni, hokimlarniyam madaniyati yoʻq. Ochigʻini aytaman, biz yaqinda qonun ustuvorligini (taʼminlash maqsadida) jazoga tortdik uchta rayonni hokimini — odamlar bilan gaplashishni bilmaydi. Oldingidek, kechirasiz, madaniyatsiz gaplar bilan majlislar oʻtkazib, odamlarni haqorat qilish… Kim ularga huquq beribdi?!

Hokimga kim huquq bergan birovni haqorat qilishga?!

Bu nimadan dalolat? Madaniyatsizligimizdan dalolat! Oʻqimaganimizdan dalolat! Maʼnaviyatimiz pastligidan dalolat!" — dedi Mirziyoyev.

Prezident yigʻilishda qatnashayotgan barcha hokimlar, ichki ishlar, milliy xavfsizlik, prokuratura xodimlariga hamda hokazo "vallomatlarga" murojaat qilib, bunday odamlar ertangi kunda ishlamasligini bildirib qoʻydi.

Mavzu:
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)

Asosiy mavzular