Shavkat Mirziyoyev MDH rahbarlari kengashining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin i prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev (sprava) pered nachalom neformalnoy vstrechi glav gosudarstv SNG
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev (sprava) pered nachalom neformalnoy vstrechi glav gosudarstv SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, xavfsizlikni mustahkamlash, mintaqaga tahdid va xatarlarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlari kengashining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Prezident Uzbekistana Shavkat Miriziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga jo‘nab ketdi

Xabarda aytilishicha, Rossiya Federatsiyasi prezidentining Novo-Ogarovo qarorgohida Shavkat Mirziyoyevni Vladimir Putin kutib oldi.
Suratga tushish marosimidan so‘ng MDH davlat rahbarlarining uchrashuvi boshlandi.

Vladimir Putin davlat rahbarlarini tashrifi bilan qutlab, Rossiyaning MDHga raisligi yakunlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Joriy yil o‘zaro integratsiyani mustahkamlash va tashkilot nufuzini oshirish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilganini ta’kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilda O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan hamkorligi yanada mustahkamlanib, tovar ayirboshlash hajmi sezilarli oshganini ta’kidladi. O‘zaro manfaatli hamkorlik a’zo davlatlarni uzviy bog‘lab turishi, ushbu uchrashuv aloqalarga yangi sur’at bag‘ishlashini qayd etdi.

Inostrannie grajdane v ocheredi na daktiloskopicheskuyu registratsiyu, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
TIV o‘zbekistonliklarni Rossiyada ishga joylash bo‘yicha bitimning to‘liq matnini e’lon qildi

2018 yil Rossiyada bo‘ladigan voqealar muhim ahamiyatga ega ekani, prezident saylovida Rossiya xalqi munosib nomzodga ovoz berajagi ta’kidlandi.

Uchrashuvda Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, xavfsizlikni mustahkamlash, mintaqaga tahdid va xatarlarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0