Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan xavfsizlik masalalarini muhokama qildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s uchastnikami soveshaniya glav spesslujb SNG
Prezident RF V. Putin vstretilsya s uchastnikami soveshaniya glav spesslujb SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha Rossiya Federatsiyasi prezidentining Novo-Ogarovo qarorgohida MDH davlatlari rahbarlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlari kengashining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida Hamdo‘stllik davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashdagi vazifalarni hal qilishda davom etishlarini alohida ta’kidlab o‘tdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Prezident RF Vladimir Putin i prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev (sprava) pered nachalom neformalnoy vstrechi glav gosudarstv SNG - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev MDH rahbarlari kengashining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

"Yangi yil arafasida birgalikda yig‘ila olganimizdan va kelishganimizdek norasmiy vaziyatda o‘tayotgan yil uchun MDH doirasidagi birgalikdagi ishga yakun yasashimizdan, istiqboldagi rejalarimiz haqida suhbatlashish va albatta, mintaqaviy va global masalalarni muhokama qilishimizdan xursandman", — deb ta’kidladi Rossiya prezidenti.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, bir yillik ish davomida katta kuch davlatlar o‘rtasidagi integratsiyani rivojlantirish, xizmat ko‘rsatishdagi to‘siqlarni bartaraf etish, terrorchilikka qarshi kurashga qaratildi.

"Hamdo‘stlik davlatlari terrorchilik, transchegaraviy jinoyatchilik, narkotrafikka qarshi kurashda hamkorlikni kengaytirmoqdalar", — deb aytdi Putin.

Putin, shu bilan birga, MDH davlatlari o‘rtasida tovar aylanmasi sezilarli oshganini qayd qilib o‘tgan.

"Aminmanki, MDH doirasidagi hamkorlikni turli yo‘nalishlarda yanada chuqurlashtirish davlatlarimiz xalqlari manfaatlariga javob beradi. Davlatlarimiz iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashda oldimizdagi vazifalarni hal qilish ustida ishlaymiz", — deb ta’kidladi Vladimir Putin.

Yangiliklar lentasi
0