04:47 19 Yanvar 2018
Efir
Glavnaya yelka stranы zajgla prazdnichnыe ogni

Yadro tugmasi va gʻanimlarga yoʻllangan tabrik: turli davlat rahbarlarining Yangi yil tabriklari

© Yuriy Korsuntsev / UZ24
Siyosat
Havola olish
Koreya yarimorolida vaziyatning oʻtkir tus olishi (71)
114001

2018 yil kirib kelishiga sanoqli daqiqalar qolganida, anʼanaga binoan har bir davlat yetakchisi oʻz yurtdoshlariga yangi yil tabrigini yoʻlladi, yil sarhisobini qildi. Qiziq tomoni shundaki, kimdir xalqini mehnatga, olgʻa qadam bosishga ruhlantirgan boʻlsa, yana kimdir stoli ustida turgan yadro tugmasi haqida eslatib oʻtdi...

TOSHKENT, 1 yanv — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Yangi yil murojaati — bu ayrim davlatlarda davlat rahbari yoxud hukumat rahbarining anʼanaviy tarzda fuqarolarga murojaati boʻlib, u Yangi yil kirib kelishi arafasida televideniye orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatiladi.

Murojaatda davlat yetakchilari, odatda, Yangi yil bilan tabriklaydilar, oʻtayotgan yilning qisqacha sarhisobini qiladilar va kelayotgan yil istiqbollariga toʻxtaladilar.

Turli davlatlarda prezidentlar oʻz xalqiga murojaatda nimalarni yodga olgani haqida yodga olamiz.

Oʻzbekiston: yangi anʼana, bagʻrikenglik va ertangi kunga ishonch

Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Karimovning oʻzbek xalqiga tabrigi "Axborot" dasturi orqali oʻqib eshittirilar edi. Ammo 2017 yil yakunida prezident Shavkat Mirziyoyev yana bir yangi anʼanani urfga kiritdi. Prezident oʻz xalqiga yangi yil murojaatini toʻgʻridan-toʻgʻri — onlayn tarzda amalga oshirdi.

Aksariyat oʻzbekistonliklar millat yetakchisi tabrigini davlat rahbarining Feysbukdagi rasmiy sahifasi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatish imkoniga ega boʻldilar.

Mirziyoyev oʻz bayram tabrigida "xalqning fidokorona mehnati bilan 2017 yilni barcha sohalarda yorugʻ yuz bilan yakunlashga erishdik, xalqning ertangi kunga ishonchi tobora mustahkamlanmoqda", deb taʼkidladi.

Oʻzbekiston rahbari tabrigining oʻziga xosligi yana shunda oʻz ifodasini topdiki, yetakchi nafaqat Oʻzbekiston xalqini, balki uzoq va yaqin barcha mamlakatlar xalqlarini ham, Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga tinchlik va ravnaq tiladi. 

Mirziyoyev 2018 yilda Oʻzbekiston xalqining hayot darajasi va sifatini, barcha toifadagi aholi daromadlarini oshirishga alohida ahamiyat qaratishga vaʼda berdi.

Rossiya: begʻaraz muhabbat va fidoyilar

Rossiya yetakchisi Vladimir Putin oʻzining Yangi yil murojaatida Rossiya fuqarolariga ijobiy oʻzgarishlar tiladi hamda rossiyaliklarga Rossiyaga boʻlgan ishonchlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Prezident 2017 yilning soʻnggi daqiqalarida mamlakat fuqarolarini kechirimli boʻlishga, bir-birlarini bagʻirlariga bosib, muhabbat izhor qilib, bir-birlaridan mehr va eʼtiborni ayamaslikka chaqirdi.

Bundan tashqari, Putin ayni vaqtda mehnat qilayotgan va oʻz professionallik burchini ado etayotganlarga alohida tabrik yoʻlladi. Rossiya prezidenti oʻz tabrigi yakunida rossiyaliklarga farovonlik va muvaffaqiyat, shuningdek, "yagona va sevimli Rossiya gullab-yashnashi va unda tinchlik hukm surishini" tiladi.

Shimoliy Koreya: Kim Chen In xalqini Yangi yil bilan tabrikladi

KXDR rahbari oʻz murojaatida stoli ustida doimiy turadigan yadro tugmasi haqida gapirdi.

Severokoreyskiy lider Kim Chen Ыn
KRT via AP Video
Severokoreyskiy lider Kim Chen Ыn

Pxenyan "toʻxtatib turish kuchiga ega boʻlgani uchun AQSH Shimoliy Koreyaga qarshi urushni boshlay olmaydi", — dedi u va mamlakatda yadroviy kuchlar yaratilishi yakunlanganini maʼlum qildi.

Mojaro boshlangudek boʻlsa, "AQShning butun hududi" javob zarbasi ostida qoladi", — deya ishontirdi Kim Chen In.

AQSH: mamlakatni buyuk ishlar kutmoqda

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻz doʻstlari, dushmanlari, shuningdek "gʻirrom OAV"larga baxtli Yangi yil tiladi.What a year it’s been, and we're just getting started. Together, we are MAKING AMERICA GREAT AGAIN! Happy New Year!! pic.twitter.com/qsMNyN1UJG

"Mamlakatimizning salohiyati va aqli shiddat bilan oʻsmoqda va men oʻz doʻstlarimga, tarafdorlarimga, dushmanlarimga, mendan nafratlanadiganlarga va hatto yolgʻon xabarlar tarqatuvchi axborot OAVlariga baxtli va sogʻlom Yangi yil tilayman. 2018 yil — Amerika uchun buyuk yil boʻladi", — deb yozgan Tramp oʻz Twitterida.

Ukraina: Poroshenko mamlakat taraqqiyot va rivojlanish bosqichiga oʻtgani haqida bayonot qildi

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko oʻz murojaati avvalida mamlakatning sharqiy chegarasi mudofaasida turgan ukrainalik jangchilarni alohida tabrikladi. Poroshenko, shuningdek, Qrim va Sevastopol, Donetsk va Lugansga oʻz tilaklarini yoʻlladi.

"Aka-singillarim, sizning uyingiz — Ukraina… Bizning uyimizni xonavayron qilgan gʻanimni esa — vaqti keladi — quvamiz va jazolaymiz", — dedi u.

U shuningdek, oʻz murojaatida Qoʻshma Shtatlar zamonaviy mudofaa qurollarini yetkazish boʻyicha qarorni eʼlon qilgani, bu borada Kanada va boshqa mamlakatlar ham qadam qoʻyganini, Yevropa Ittifoqi jangovar kayfiyatda boʻlgan mamlakatga nisbatan sanktsiyalarni uzaytirganini aytib oʻtdi.

Ukraina rahbari Yevropa davlatlariga vizasiz kirib borayotgan yuz minglab ukrainaliklarni ham esga oldi hamda barchani "Yevropaga qarab dadil va qaytmas qadamlar qoʻyilayotgani" bilan tabrikladi.

Poroshenko urush oqibatida yuzaga kelgan bir necha yillik inqirozdan keyin Ukraina tiklanish va taraqqiyot bosqichiga oʻtganini, Yangi yilda Hukumat rivojlanish salohiyatini kuchaytirishini, aksariyat ukrainaliklarning hayot darajasini oshirish hukumat qoʻlidan kelishi toʻgʻrisida gapirdi va ukrainaliklarni birlikni saqlashga, oʻz mamlakatiga ishonishga va mehnat qilishga chaqirdi.

Mavzu:
Koreya yarimorolida vaziyatning oʻtkir tus olishi (71)

Asosiy mavzular