04:47 19 Yanvar 2018
Efir
Vid na gorod Seul s gorы Namsan

Janubiy Koreya KXDRga oliy darajada muzokaralar oʻtkazishni taklif etdi

© Sputnik/ Aleksey Jidakov
Siyosat
Havola olish
Koreya yarimorolida vaziyatning oʻtkir tus olishi (71)
40610

Janubiy Koreyaning Ryonxap agentligi maʼlumotlariga koʻra, KXDR va Janubiy Koreya vazirlari oʻrinbosarlari darajasidagi muzokaralar oxirgi marta 2015 yilning dekabrida boʻlib oʻtgan

TOSHKENT, 2 yanv — Sputnik. Janubiy Koreya KXDRga 9 yanvar kuni ikki koreys davlatlari oʻrtasidagi chegaraviy zonada — Pxanmunj punktida — oliy darajadagi muzokaralarni oʻtkazishni taklif etmoqda, deb bayonot qildi Koreya respublikasining milliy uyushma masalalari boʻyicha vaziri Cho Myon Gun. RIA Novosti xabariga asosan.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In xalqqa murojaatida Pxyonchxanda oʻtkazilayotgan qishgi olimpiadaga muvaffaqiyatlar tilab, unda shimoliykoreyalik sportchilar qatnashishiga ham umid bildirgan edi.

Cho Myon Gyunning soʻzlariga koʻra, ushbu munosabat bilan Seul Pxenyanga munosabatlarni yaxshilash istagida oliy darajadagi mulozimlar uchrashuvini taklif etishga qaror qilgan.

"Umid qilamizki, Janub va Shimol Pxyonchxanda boʻlib oʻtadigan olimpiadada shimol tomonning ishtiroki masalasi bilan birgalikda Janub va Shimol oʻrtasidagi munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan boshqa masalalar boʻyicha ham muzokara oʻtkaza oladi", — deya izoh bergan Cho Myon Gyun.

Janubiy Koreya Ryonxap agentligi maʼlumotlariga koʻra, KXDR va Janubiy Koreya vazirlari oʻrinbosarlari darajasidagi muzokaralar oxirgi marta 2015 yilning dekabrida boʻlib oʻtgan.

Mavzu:
Koreya yarimorolida vaziyatning oʻtkir tus olishi (71)

Asosiy mavzular