04:48 19 Yanvar 2018
Efir
Kamilov: v Samarkande proshla bespretsedentnaya vstrecha po problemam TSA

Kamilov MO davlatlari diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashdi

© Sputnik/ /Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
13620

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston diplomatik vakolatxonalari rahbarlarini qabul qildi

TOSHKENT, 5 yanv — Sputnik. 2018 yil 5 yanvar kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirgʻiziston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniyar Sidiqov, Tojikiston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sodiq Imomi, Turkmanistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Shiri Shiriyev va Qozogʻiston Respublikasi Muvaqqat ishlar vakili Mursal-Nabi Tuyakbayevni qabul qildi. TIV matbuot xizmati xabariga asosan.

Xabarda aytilishicha, uchrashuvda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil sentyabrda Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasi va noyabrda Samarqand shahrida xalqaro konferentsiya minbarlaridan ilgari surgan Markaziy Osiyo davlatlarining koʻp qirrali hamkorligini rivojlantirish boʻyicha tashabbuslarini amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston takliflari bilan Abdulaziz Kamilov Markaziy Osiyo davlatlarining Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini tanishtirdi.

Tomonlar mintaqa kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashdi.

Asosiy mavzular