04:48 19 Yanvar 2018
Efir
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vыstupayet na 72-y sessii Generalnoy Assamblei OON v shtab-kvartire OON v Nyu-Yorke

Turkiya nashri Shavkat Mirziyoyevni dunyoni oʻzgartirayotgan yetakchi 10 rahbar reytingiga kiritdi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
65080

"Derin Ekonomi" jurnali tomonidan chop etilgan ushbu maqola dunyoning oʻnlab OAVlari tomonidan koʻchirib bosildi.

TOSHKENT, 6 yanv — Sputnik. Turkiyaning yetakchi iqtisodiy nashrlaridan biri boʻlgan "Derin Ekonomi" jurnali sharhlovchilari Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni oʻz mamlakati va mintaqasidagi vaziyatlar oʻzgarishiga sezilarli taʼsir koʻrsatishga qodir boʻlgan jahonning birinchi oʻn nafar yetakchisi roʻyxatiga kiritdilar, deb xabar qilmoqda "Jahon" axborot agentligi.

2018 yilda dunyoni titratajak 10 ism - Derin Ekonomi reytingi
2018 yilda dunyoni titratajak 10 ism - "Derin Ekonomi" reytingi

Mazkur roʻyxatdan muhim ahamiyatga molik qarorlari bilan oʻz mamlakatlari va mintaqalaridagi mavjud vaziyatni oʻzgartirib yuboradigan va bu bilan xalqaro maydondagi vaziyatga faol taʼsir koʻrsatadigan hamda jahon ommaviy axborot vositalarining "nyusmeykeri", yaʼni ularning diqqat-eʼtibori obʼyekti boʻlib qolayotgan yetakchilar nomlari joy oldi.

Ular orasida Saudiya Arabistoni voris shahzodasi Muhammad bin Salmon, Janubiy Koreya yangi prezidenti Mun Chje In, BAA tashqi ishlar vaziri Abdulla ben Zayd al-Naxayyan, FBR rahbari Robert Myuller, AQSH prezidenti bosh maslahatchisi Jared Kushner (Trampning kuyovi) va  va boshqalar kiritildi.

Jurnal mutaxassislarning qayd etishlaricha, Shavkat Mirziyoyev mamlakatni yalpi liberallashtirish, "har yerda hoziru nozir" boʻlgan huquq-tartibot idoralari faoliyatini tartibga solish, diniy eʼtiqod erkinligini taʼminlashga qaratilgan chuqur islohotlarni hayotga tadbiq etmoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
VYACHESLAV OSELEDKO / AFP

Taʼkidlanganidek, yangi rahbariyat boshchiligida Oʻzbekistonda mamlakatni amalda erkin bozor sari harakatlantirishga hamda tashqi savdo va valyuta siyosatini liberallashtirishga yoʻnaltirilgan oʻta muhim qarorlar qabul qilingani xorijlik sarmoyadorlar uchun respublikaning jozibadorligini oshirdi.

Boshqa davlatlar, birinchi navbatda, qoʻshni mamlakatlar bilan oʻzaro munosabatlarni tubdan yaxshilash yoʻlini tutgani Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Prezidenti lavozimidagi eng katta eʼtiborga munosib qadamlaridan biri boʻldi.

Turk nashrlarida qayd etilishicha, mazkur reytingdan joy olgan oʻn mamlakat yetakchilarining ismi shariflari, ehtimol, shu paytga qadar jahon hamjamiyati uchun taniqli boʻlmagan, biroq 2018 yili ular "har bir kishiga oʻzlarini tanitishadi".

"Derin Ekonomi" jurnali reytingi Turkiyadagi boshqa bir yetakchi nashr — "Yeni Şafak" gazetasi hamdan dunyoning oʻnlab boshqa OAVlari tomonidan ham koʻchirib bosildi.

Asosiy mavzular