04:49 19 Yanvar 2018
Efir
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon

Yigirma yillik muzni eritib: Mirziyoyev Tojikistonga safar qiladi

© Press-slujba prezidenta Tadjikistana
Siyosat
Havola olish
165082

Oʻzbekiston rahbari temiryoʻl qatnovini ochish va yagona energetik tizimni tiklash boʻyicha Tojikiston prezidenti bilan bitim imzolashni rejalashtirgan

TOSHKENT, 8 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga safar qilishni rejalashtirgan, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.

Oʻzbekiston rahbari 6 yanvar kuni Toshkent viloyati deputatlar kengashi oldida chiqish qilib, respublika Tojikiston bilan yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini rivojlantirishi haqida bayonot qilgan.

"Chunki yomon qoʻshnini qiyomat kuni hech kim kechirmaydi", — deb aytgan Mirziyoyev deputatlarga.

Oʻzbekiston prezidenti, shuningdek, Tojikistonga rasmiy tashrifga tayyorgarlik koʻrilayotgani haqida aytgan. Buning uchun Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov yaqin kunlarda Dushanbega safar qilishi maʼlum qilingan.

"Biz koʻplab bitimlarni imzolaymiz, temiryoʻl qatnovini ochamiz, yagona energetik tizimni tiklaymiz va boshqa koʻplab masalallarni muhokama qilamiz", — degan Mirziyoyev.

Mirziyoyevga koʻra, yaqinda joylashgan mamlakatlar bilan yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini yoʻlga qoʻymay turib, uzoq xorij davlatlari bilan muloqotni yoʻlga qoʻyib boʻlmaydi.

Oʻzbekiston rahbari qoʻshnilar bilan munosabatlarni yaxshilashga intilishi borligini, ammo "20 yillik muzni eritish unchalik ham oson ish emasligi"ni qayd etgan.

Asosiy mavzular