04:47 19 Yanvar 2018
Efir
Chinovnik vыxodit iz kabineta

Turobjon Joʻrayev rahbarlarga ularning javobgarligi haqida eslatdi

Sputnik / Dmitriy Astaxov
Siyosat
Havola olish
113731

Samarqand viloyati hokimi - hokimlar barcha sohalar uchun, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasi uchun javobgardir va bu haqda doimiy ravishda xalqga hisobot berib borishi lozim, degan fikrda

TOSHKENT, 8 yanv — Sputnik. Samarqand viloyati hokimi Turobjon Joʻrayev Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning parlamentga qilgan murojaatnomasiga doir fikrlarini bildirar ekan, hokimlarga berilgan vakolat bu yuksak masʼuliyat va majburiyat ekanligini qayd etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

"Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi yurtimiz jamoatchiligi tomonidan mamlakatimizning demokratik rivojlanishi sari dadil qadam, deb eʼtirof etilmoqda.

Murojaatnomada har bir yoʻnalish boʻyicha belgilangan vazifalar, topshiriqlar, Konstitutsiyamizda belgilangan tamoyillardan kelib chiqqan.

Jumladan, Murojaatnomada viloyat, tuman, shahar hokimlari Prezidentning joylardagi vakillari sifatida eslatilishi ham Bosh Qonunimizda aniq belgilab qoʻyilgan.

Prezidentimizning biz, hokimlarga keng vakolatlar berishi bu, avvalo, yuksak masʼuliyat va majburiyatdir. Bunday vakolatga ega boʻlgan rahbar oʻsha hududdagi barcha sohalar uchun, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasi uchun javobgardir va bu haqda doimiy ravishda xalqimizga hisobot berib borishimiz lozim. Buni har bir hokim unutmasligi kerak", — deydi Joʻrayev.

Asosiy mavzular