06:31 19 Yanvar 2018
Efir
Situatsiya posle vыborov prezidenta v Respublike Uzbekistan

2018 yilgi Davlat dasturi loyihasi xalq muhokamasiga qoʻyildi

© Sputnik/ Valeriy Melnikov
Siyosat
Havola olish
36420

2018 yilgi Davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi. 15 yanvargacha davom etadigan muhokamalarda barcha xohlovchilar qatnashishi mumkin

TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. "Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili" Davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. Muhokama 15 yanvarga qadar davom etadi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Davlat dasturi 237 ta bandni oʻz ichiga olgan boʻlib, unda Oʻzbekiston Prezidentining 22 dekabrdagi parlamentga murojaatnomasi, shuningdek 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan maqsad gʻoya va vazifalar oʻz aksini topgan.

Keng jamoatchilik vakillari, mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida boʻlib oʻtadigan muhokamalarda turli anjumanlar va davra suhbatlari oʻtkaziladi. Shuningdek, muhokamalar OAVlar va ijtimoiy tarmoqlarda ham muntazam oʻtkazib borilishi aytilmoqda.

Jamoat muhokamasi va kelib tushgan takliflar yakunlari boʻyicha Davlat dasturining takomillashtirilgan loyihasi tayyorlanadi.

Asosiy mavzular