06:44 19 Yanvar 2018
Efir
Vstrecha prezidenta Tadjikistana Emomali Raxmona s premyer-ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovыm

Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari bir oy vizasiz yurishi mumkin

© Press slujba prezidenta RT
Siyosat
Havola olish
95241

Yaqin orada fuqarolarning oʻzaro tashriflari boʻyicha yangi hujjat tasdiqlanadi. Unga koʻra ikki davlat fuqarolar bir oy davomida vizasiz yurishlari mumkin

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston va Tojikiston viza va chegara boʻyicha muammoli masalalar boʻyicha kelishuvga erishdilar.

"Tojikiston va Oʻzbekiston viza munosabatlari va davlat chegarasi uchastkasi — Farxod GES joylashgan hudud boʻyicha kelishuvga erishilgan. Erishilgan kelishuvlarga asosan yaqin orada Tojikiston va Oʻzbekiston "Fuqarolarning oʻzaro safari toʻgʻrisida"gi yangi hujjatga imzo chekadi. Unga koʻra, ikki davlat fuqarolari Oʻzbekiston va Tojikistonda 1 oy muddat viza olmasdan yurishi mumkin", — deyilgan Tojikiston telegraf agentligi xabarida.

Bundan tashqari tomonlar yaqin orada yoʻlovchi poyezd va avtobus qatnovlari hamda ikki davlat oʻrtasida yangi chegara nazorat oʻtish nuqtalari ochishga kelishib olgan.

Chegara masalasida, tomonlar Farhod GESi joylashgan hudud Tojikiston hududi deb tan olinishi, obʼyekt esa Oʻzbekiston mulki hisoblanishiga kelishishdi.

Obʼyektni Tojikiston tomoni qoʻriqlaydi, unga texnik xizmat koʻrsatish bilan esa Oʻzbekiston shugʻullanadi.

Eslatib oʻtamiz, ikki davlat oʻrtasida 25 yil ichida muntazam ravishda kelishmovchiliklar boʻlib kelgan. Rasmiy Dushanbe Oʻzbekiston hukumatini temir va avtomobil yoʻllarini toʻsishida ayblasa, Toshkent, oʻz navbatida, Rogʻun GESi uchun Tojikiston hukumatini tanqid qilib kelgandi. Xususan, GES qurilishi respublikaning qishloq xoʻjaligiga jiddiy ziyon yetkazishi maʼlum qilgandi. 2001 yilda birinchi boʻlib Oʻzbekiston, keyinchalik Tojikiston ikki davlat oʻrtasida viza tartibi joriy etishgan.

Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev birinchi navbatda tashqi siyosat yoʻnalishida qoʻshni davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilashga kirishdi, shu jumladan Tojikiston bilan munozarali masalalar boʻyicha.

Asosiy mavzular