06:45 19 Yanvar 2018
Efir
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 23 avgusta prinyal pervogo zamestitelya Predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Igorya Shuvalova

Prezident Oʻzbekistonning chet davlatlardagi elchilari bilan yigʻilish oʻtkazdi

© Press-slujba prezidenta RUz
Siyosat
Havola olish
50330

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolari bilan oʻtkazilgan yigʻilishda xorijiy davlatlardagi elchixona xodimlarining asosiy vazifalari Oʻzbekistonga xorijiy investitsiya va sayyohlarni jalb qilish ishlarini yanada jadallashtirish zarurligini alohida taʼkidlab oʻtdi

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. 11 yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekistonning xorijdagi elchixonalari faoliyati tahliliga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Unda Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, Prezident devoni vakillari, hukumat aʼzolari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning boshqa vazirlik hamda idoralari rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat MirziyoyevOliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolari bilan oʻtkazilgan yigʻilishda xorijiy davlatlardagi elchixona xodimlarining asosiy vazifalari Oʻzbekistonga xorijiy investitsiya va sayyohlarni jalb qilish ishlarini yanada jadallashtirish zarurligini alohida taʼkidlab oʻtgan edi.

Yigʻilishda prezident xorijiy davlatlardagi elchilarga "10-15 yanvargacha Oʻzbekistonga kelasizlar, bir yil davomida qilanadigan ish tizimi maʼqul boʻlsa ishlaysizlar, boʻlmasa ketasizlar", — degan edi.

Asosiy mavzular