Toshkent avtobuslarida Wi-Fi ulashish vaqtincha to‘xtatildi

© Sergey KivenkoPoytaxt avtobuslari.
Poytaxt avtobuslari. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Evo operatori hamda "Toshshahartransxizmat" kompaniyasi hamkorligida o‘tkazilgan internet uskunalari sinovining dastlabki bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. Uskunaning ikkinchi sinovi vaqtida poytaxt avtobuslarida Wi-Fi o‘chirilishi xabar qilinmoqda.

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Jamoat transportlarini routerlar bilan jihozlash bo‘yicha loyiha mualliflari — Evo hamda "Toshshahartransxizmat” kompaniyalari rahbarlari dastlabki sinov bosqichi muvaffaqiyatli yakunlangani sabab, ikkinchi sinov bosqichi davomida routerlar avtobuslardan olib tashlanishi haqida xabar qilishdi. Bu haqda Evo operatori rasmiy saytida ta’kidlangan.

Yo‘lovchilar bilan ishlashning birinchi kuni - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent avtobuslarida bepul Wi-Fi paydo bo‘ldi

"Sinovning ikkinchi bosqichida avtobuslarda bepul internet — Wi-Fi ishlamaydi", deyiladi xabarda.

Bepul Wi-Figa ega ilk avtobuslar Toshkentda fevral oyi boshida paydo bo‘lgan edi. Mutaxassislar sinovning dastlabki bosqichi muvaffaqiyatli yakunlangani haqida ta’kidlashmoqda.

Sinovning yakuniy bosqichi mart oyi oxirigacha o‘tkazilishi kutilmoqda.

2016 yil yakuniga qadar poytaxtdagi barcha avtobuslar routerlar bilan jihozlanishi kutilmoqda. Internet 4G LTE texnologiyasi yordamida ulashilmoqda. Yo‘lovchilar fikriga ko‘ra, Wi-Fi tezligi shikoyatga o‘rin qoldirmaydi. Tarmoqqa ulanish uchun parol shart emas.

 

 

Yangiliklar lentasi
0