Islom Karimovga tilak: Yurtboshimiz to‘rt muchasin but qil yana!

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishIslom Karimov
Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezidentni qo‘llab-quvvatlab yozilgan maktublar Sputnik O‘zbekiston tahririyatiga tinimsiz kelib turibdi.

TOShKENT, 30 avg – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning kasalxonaga yotqizilgani haqidagi xabar tarqalishi bilan butun mamlakat xalqi uning tezroq sog‘ayishini tilab ijtimoiy tarmoqlarda o‘z xabarlarini qoldirishni boshlashdi. Prezidentni qo‘llab-quvvatlab yozilgan maktublar Sputnik O‘zbekiston tahririyatiga ham tinimsiz kelib turibdi. Prezidentga atab Aliya Temuriyzoda quyidagi she’rni, Muazzam Ibrohimova esa o‘z tilaklarini yuborgan.

Yorug‘ olam turgunicha turgin, Bobo!
Yuragimning ko‘zoshlari tinmay qoldi,
Umrim na tun, kunduzligin bilmay qoldim,
Uyginangda to‘y bo‘lyapti, tur, Bobojon,
Sensiz dilga xurramlik ham sig‘may qoldi…
Ko‘zlaringni och, Bobojon, olamga boq —
Osmon qadar ko‘tarilgan Sening bayroq!

Qara, seni kutayapti yorqin hayot —
Davlatingga o‘zing bosh bo‘l, topib sabot!
Atrof to‘la — duoyingga ochiq kaftlar,
Sihatingni kutayotgan yangi avlod!
Ular halol mehnatingning hosillari,
Ular bilan davom etgin maqsad sari!

G‘iybatlarga yo‘l qoldirma, elning begi!
O‘zbek hali ming yil yashar, o‘lmas, degin!
Tillarini tishlab qolsin, dumin qisib,
Mum tishlasin harakat-u ozodligi!
O‘rningdan tur, qaddingni tut, tur, Bobojon!
Bizlar kabi sog‘-navqiron yur, Bobojon!

Fisq-u fasod tarqatmasin kas-aldoqchi,
Sog‘ay, Bobo, istiqlolga o‘zing soqchi!
Sen keltirgan erk shukhidan nurmand qizing —
O‘zbek nomin dunyolarga ko‘rsatmoqchi!
Bizlar bilan olg‘a-olg‘a yurgin, Bobo!
Yorug‘ olam turgunicha turgin, Bobo!

Yo, Xudoyim!
Asra uni yurti uchun!
Yomon qolib, dardni unga berding nechun?
Milon-milon farzandiga qaytar uni —
Uyimizda to‘y bo‘lyapti axir bugun!
O‘zing bilguvchisan, Alloh, shafqat qilgin,
Unga ming yil umr berib, Davlat qilgin!

Bir-yarim kun xasta bo‘lar tirik jonmiz,
Uni sevding — biz qullaring tinch-omonmiz…
Hurligimiz bayrog‘ini tutqizganing —
Islom Bobo borki, biz ham qahramonmiz!
Butun dunyo havas qilgan yurt qil yana,
Yurtboshimiz to‘rt muchasin but qil yana!

O‘tinaman, yolvoraman, Parvardigor,
Mening bori umrim unga berib yubor!
Unga umr kerak, men-chi — bir pul,
Uning tugamagan buyuk ishlari bor!
Mag‘firat qil va shafqat qil, Yaratganim,
Yana ming yil yurtbosh bo‘lsin Bobom manim!

Yurt tinchligini saqlab, shunday dahshatli xolatlarni ko‘rsatmayotganingiz uchun ham duodaman. Onalar duoda! Biror handaq ichida qurol ushlab yotmagan, osilib, otilib ketmayotgan otalar duoda! Bombalarsiz osmon ostida quvnab yashayotgan bolajonlar duoda! Shu go‘daklarning iqboli, kelajagi uchun yashayotgan bolajon xalqingiz duoda!

Yangiliklar lentasi
0