21:58 17 Oktyabr 2017
Efir
Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov. Arxiv surat

Ijtimoiy fikr: Oʻzbek xalqi Islom Karimov bilan

© Press-slujba Prezidenta Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
Dilshoda Rahmatova
Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning sogʻligʻi holati (37)
4238223

Yurtboshimiz, millatimiz yetakchisi - Prezidentimiz betobligi haqidagi xabarni eshitgan kunimdan boshlab, koʻnglimga hech narsa sigʻmay qoldi. Bu hodisa, nafaqat men, balki butun millat koʻnglidagi yashirin hislarni yuzaga chiqardi.

TOSHKENT, 1 sen — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Bugun Oʻzbekiston oʻz istiqlolining 25 yillik yubileyini nishonlamoqda. Oʻzbek xalqi 25 yil ichida birinchi marta Millat otasisiz kutib oldi bu bayramni…

Sputnik Oʻzbekiston tahririyatiga shu kunlarda Prezidentga shifo tilab yoʻllangan maktublar juda koʻp boʻldi; ularning hech birini shunchaki oʻqiy olmadim…

"Tarixga boʻylasak millatin nomin

Olamga taratgan oʻzbeklar bisyor!

Lek bizning zamonda yurtimiz shaʼnin

Yurtboshidan yuksak koʻtargan kim bor?

Oʻylang axir, boʻyin egmay qulikka,

Kim buzdi biz bandi yotgan qafasni?

Bizlarni kim eltdi mustaqillikka?

Xudo yorlaqagan shu zod emasmu?

Bu jurʼat oldida oʻrmonda qolgan

Doʻstlari nurga zor oʻltirgan nafas

Oʻz qalbin sugʻurib mashʼala qilgan

Dankoning jurʼati hech narsa emas!

Ha, oson kelmagan xurlik ayyyomi,

Uyquda edik bu kunga yetguncha…

Millatin uygʻotgan siymoning nomi

"Istiqlol soʻziga egiz tushguncha… (Ziyovuddin Mansur)

Xullas, ijtimoiy tarmoqlarni "yorib" yuborgan dil izhorlari va istaklarning ham hanuzgacha keti uzilgani yoʻq.

Ochigʻi, bunday boʻlishini hech kim kutmagandi: butun oʻzbek xalqining shu kunlardagi yagona orzusi, tilagi, istagi — Yurtboshimizning salomatligi boʻldi.

Hatto "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmogʻidagi yillab gaplashmagan(!) sinfdoshlarim menga maktub yoʻllab, salomdan keyin bergan birinchi savollari Yurtboshimiz haqida boʻldi — Oʻzbekistonni tark etganiga qaramay, ular bugun butun oʻzbek xalqiga qoʻshilib, Prezidentimiz uchun uchun qaygʻurmoqda!

Tahririyatimizga maktub yoʻllab, ijtimoiy tarmoqlarda menga bir xildagi savol bilan murojaat etganlarga "Yurtboshimiz tez orada sogʻayib ketadilar, hali u kishi bilan birgalikda takror bayram qilamiz!", — deya tasalli bergim keladi…  

Endi bilsam, nashrimiz tomonidan "Islom Karimovsiz Mustaqillik bayrami nishonlanishiga qanday fikrdasiz?", deya oʻtkazilgan soʻrovnomaga hojat ham yoʻq ekan.

Chunki Oʻzbek xalqi oʻz Prezidentini chin dildan sevishini soʻrovnomasiz ham koʻrsatib boʻldi.

…Tong sahar qoʻlimga telefonni olib eng yaqin insonlarimga bayram tilaklarimni yoʻllamoqchi boʻldim. Jurnalistligim sabab mendan antiqa tabriklarni kutadigan yaqinlarimni bu gal xursand qila olmadim. Ularga Prezidentimizning har shodiyonada takrorlaydigan bir jumlasini yubordim, xolos: "Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!"

Mavzu:
Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning sogʻligʻi holati (37)

Asosiy mavzular