O‘zbekiston IIVda qator lavozim o‘zgarishlari amalga oshirildi

© StringerO‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar xodimi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar xodimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida qator lavozim o‘zgarishlar yuz berdi, deb xabar qilmoqda kun.uz nashri.

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Polkovnik Saidkarim Nishonboyev O‘zbekiston IIV boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Aytbay Temirxanov esa Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar qilgan kun.uz nashri "Postda" gazetasiga tayangan holda.

Bundan tashqari, Polkovnik Alisher Ergashev O‘zbekiston IIV Huquqbuzarliklarning oldini olish bosh boshqarmasi boshlig‘i, Nodir Qurbonov esa IIV Jinoiy qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish yuritadigan bo‘ldi.

Farg‘ona viloyati ichki ishlar organlarida ham lavozim o‘zgarishlari amalga oshirildi. Jumladan, podpolkovnik Farrux O‘sarov viloyat IIB Huquqbuzarliklarning oldini olish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Rahmonali Musayev Farg‘ona shahar ichki ishlar boshqarmasiga, podpolkovnik Azimjon Yuldashev Qo‘qon IIBga, podpolkovnik Qudratjon O‘rinboyev Quvasoy ichki ishlar bo‘limiga, podpolkovnik Ziyohidin G‘afurov Uchko‘prik tuman IIBga rahbar etib tayinlanishgan.

Podpolkovnik Otabek Saydahmedov Samarqand viloyat Qo‘shrabot tuman ichki ishlar bo‘limini boshqaradi.

Yangiliklar lentasi
0