14:07 16 Dekabr 2017
Efir
Abdulaziz Kamilov arxiv surat

Kamilov: IHT TIVK Falastinni toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi

AFP / YASSER AL-ZAYYAT
Jamiyat
Havola olish
IHT Toshkent kengashi (9)
13511

Ikki kun davom etgan sessiya davomida 118ta rezolyutsiya qabul qilindi.

TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri IHT TIVKning 43-sessiyasiga bagʻishlangan yakuniy brifingda chiqish qildi. Nutq matni Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi saytida keltirilgan.

U oʻz nutqida Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirish zarurligini bildirdi. Xususan, Afgʻoniston haqida gapirar ekan, Kamilov afgʻon muammosiga harbiy yechim yoʻqligini yana bir bor taʼkidladi.

"Biz Afgʻonistondagi ichki ziddiyatlarni hal qilish butun xalqni yarashtirish jarayonlarini olgʻa surish orqali hamda afgʻonlar rahbarligida va afgʻonlar tomonidan amalga oshirilishi kerak deb hisoblaymiz", — dedi vazir.

Bundan tashqari, Kamilovning soʻzlariga koʻra, IHT TIVK Falastin va Al-Quddus Ash-Sharifni,  Falastin xalqining qonuniy va daxlsiz huquqlarini, Yaqin Sharqda tartib oʻrnatish boʻyicha tinchlik tashabbuslarini hamda Falastin qochoqlari muammolarini adolatli va BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalari va xalqaro huquq normalariga muvofiq hal qilinishini yana bir bor toʻliq qoʻllab-quvvatladi.

"IHTga aʼzo davlatlar Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi vaziyatni BMT Nizomidagi tamoyillar va xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalariga muvofiq ravishda inqirozlarni siyosiy yoʻl bilan tartibga solish orqali zudlik bilan barqarorlashtirish zarurligi toʻgʻrisida yagona fikrga egadirlar", — dedi Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri.

Abdulaziz Kamilovning maʼlum qilishicha, ikki kun davom etgan sessiya davomida 118ta rezolyutsiya qabul qilindi.

"Ishimiz yakunlariga koʻra Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjat IHTning obroʻli va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan bir qatorda oʻzining munosib oʻrniga egaligini taʼkidlaydi hamda musulmon ummati birligini taʼminlash, mustahkam tinchlik va xavfsizlikni oʻrnatish, aʼzo davlatlarga barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga koʻmaklashish maqsadida tashkilot faoliyatini takomillashtirish boʻyicha saʼy-harakatlarni faollashtirishga chaqiradi", — dedi Kamilov.

Kamilov sessiya doirasida "Yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish va bunyodkorlik salohiyatini ragʻbatlantirish" mavzuida yigʻilish oʻtkazilgani hamda unda aʼzo davlatlarning yoshlar siyosati va mazkur sohadagi hamkorlik istiqbollari masalalari yuzasidan batafsil va samarali fikr almashilganini maʼlum qildi.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligining maʼlum qilishicha, sessiyada IHTning yigirma olti aʼzo davlatlari vakillari ishtirok etdi. Sessiyada shuningdek, IHT bosh kotibi, Islom taraqqiyot banki prezidenti, AQSH, Frantsiya, Italiya, Buyuk Britaniya va Shveytsariyaning maxsus elchilari, qator xalqaro va hududiy tashkilotlar vakillari qatnashdilar.

IHT 1969 yil sentyabrda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda islom birdamligini taʼminlash uchun tashkil etilgan. 2011 yilga qadar u Islom konferentsiyasi tashkiloti nomi bilan atalgan. IHTga 57 mamlakat aʼzo. Oʻzbekiston ushbu tashkilotga 1996 yilda aʼzo boʻlgan. Rossiya 2005 yildan buyon tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.

Mavzu:
IHT Toshkent kengashi (9)

Asosiy mavzular