20:10 23 Noyabr 2017
Efir
Namunaviy loyihadagi uy qurilishi arxiv surat

Oʻzbekistonda yoppasiga arzon uylar qurilishi boshlanadi

© Sputnik/ Igor Ageyenko
Jamiyat
Havola olish
5345114

Oʻzbekistonda qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish boʻyicha yangi dastur ishlab chiqilmoqda

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Mazkur hujjat doirasida uy quruvchilariga soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa imtiyozlar taqdim etish orqali quriladigan uylarning tannarxini sezilarli ravishda pasaytirish taklif etilmoqda, deb xabar berdi Iqtisodiyot vazirligidagi manba Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga.

Bundan tashqari, asosiy qurilish materiallari va buyumlarga qurilish-pudrat tashkilotlarining xarajatlari maqbullashtiriladi. Mazkur yoʻnalishda foydalaniladigan qurilish materiallari va mahsulotlarining narxini nazorat qilish joriy etilishi mumkin.

"Yangi dasturda oʻzbekistonliklar uchun yangi namunadagi uy-joylar barpo etish koʻzda tutilgan. Ular toʻrt xil yangi namunadagi, qulay va arzon uy-joylar boʻladi. Dastur besh yilga moʻljallangan. Dasturni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining kreditlari jalb etilishi mumkin", — dedi manba.

Hukumat kelasi yildayoq ehtiyojmand oilalar uchun boshlangʻich toʻlov hajmini ikki barobar kamaytirib, toʻrt xil yangi namunadagi, qulay va arzon, bir va ikki qavatli 15 mingta zamonaviy uy-joy barpo etish moʻljallamoqda.

Bu uylarning oʻziga xosligi ipoteka kreditining aholi uchun ancha qulayligida hamdir.

Masalan, bugungi kunda uy quruvchilarning yakka tartibdagi uy-joy barpo etish uchun boshlangʻich badali 25 foizni tashkil etadi.

Dasturga muvofiq esa, badal miqdori 15 foizgacha kamaytiriladi. Shu bilan birga, uy quruvchilarga 3 yillik imtiyozli davr va birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi stavkasi bilan 15 yil muddatga ipoteka kreditlari beriladi. Bundan keyingi davrda kreditning foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yetti yil davomida qishloq joylarda 70 mingga yaqin turarjoy bunyod etildi. Bu maqsadlarga tijorat banklari tomonidan 4,3 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.

Asosiy mavzular