18:18 23 Oktyabr 2017
Efir
Sanjar Shodiyev
© Stranitsa Sanjara Shodiyeva na Facebook

Ofarin: Sanjar Shodiyev Oʻzbekiston madhiyasini oilaviy ijro etdi

Jamiyat
Havola olish
Dilshoda Rahmatova
69965

10 dekabr kuni - Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganiga 24 yil toʻladi. Sputnik nashri ushbu tantanali sana munosabati bilan madhiyani jonli ijro etib berish taklifini bildirib oʻzbek shou-biznesi vakillari bilan bogʻlandi. Oʻnlab oʻzbek sanʼatkorlari orasida faqatgina Sanjar Shodiyev bu taklifga bajonidil rozi boʻldi

Madhiya — bu barchamiz qaddimizni tik tutgancha yuksak gʻurur bilan aytiladigan qoʻshiq.

Dunyo mamlakatlarida oʻtkaziladigan turli musobaqalarda bizning sportchilarimiz gʻoliblikni qoʻlga kiritgach, Oʻzbekiston madhiyasi jaranglaydigan sahnani koʻz oldingizga keltiring bir?!

Koʻnglingizdan nima kechadi?

Oʻsha mahalda madhiyaga joʻr boʻlgan oʻzbekistonliklarni diqqat bilan kuzatganmisiz? Hammasi qaddini gʻoz tutgan, oʻng qoʻl koʻksida, gʻurur bilan aytishadi bu qoʻshiqni!!

Bugun davlat madhiyamiz qabul qilinganiga 24 yil toʻladi. Ushbu tantanali sana munosabati bilan madhiyani jonli ijro etib berish taklifini bildirib oʻzbek shou-biznesi vakillari bilan bogʻlandik. Oʻnlab oʻzbek sanʼatkorlari orasida faqatgina aktyor Sanjar Shodiyev bu taklifga bajonidil rozi boʻldi. Va oilaviy ijro etib berishga tayyorligini bildirdi.

Sputnik tahririyati nomidan barcha oʻzbekistonliklarni ushbu qutlugʻ sana bilan chin yurakdan muborakbod etamiz. Oʻzbekiston madhiyasi dunyo sahnalarida jarang topishda davom etaversin!

Asosiy mavzular