18:18 23 Oktyabr 2017
Efir
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, arxiv surat

Oʻhoʻ! 2 kunda ishdan olingan 4 hokim va oʻzbekistonliklarni hayratga solgan boshqa xabarlar

Press-slujba prezidenta RUz
Jamiyat
Havola olish
Dilshoda Rahmatova
4612163

Bu galgi yangiliklar toʻplamidan yashirin kolbasa tsexining fosh qilinishi, yuzlab eshaklar soʻyilgan makonning aniqlanishi va boshqa muhim xabarlar oʻrin oldi

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Mana, bir hafta ham koʻz ochib yumguncha oʻtib ketdi. Ushbu vaqt mobaynida oʻzbekistonliklarni hayratga va dahshatga solgan xabarlar koʻp boʻldi. Avvaliga hukumatda yuz bergan kadrlar almashuvidan ogʻiz ochilgan boʻlsa, sal oʻtmay Samarqandda yuz bergan dahshatli hodisa — yuzlab eshaklarning soʻyilishi xalqni larzaga soldi…

Demak, ushbu haftada roʻy bergan eng muhim xabarlar ketma-ketligini eʼtiboringizga havola qilamiz.

1. Oʻzbekistonda yoppasiga kadrlar almashuvi

Oʻtgan haftada Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga Abdulla Aripov nomzodi tasdiqlandi, Rustam Azimov esa Moliya vaziri lavozimidan ketdi. Samarqand hokimi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri etib tayinlandi.

Bundan tashqari, Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari hokimlari virtual qabulxonaga kelayotgan murojaatlar bilan yaxshi ishlamayotganliklari sababli ishdan olindi.

Umid qilamizki, ushbu oʻzgarishlardan soʻng, mansabdorlar Oʻzbekiston prezidentining eng birinchi talabini bajaradilar, yaʼni "xalqqa yaqinroq boʻlib, xalq dardiga quloq tutadilar"…

Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev

2. Samarqandda yuzlab eshaklarning soʻyilishi

Samarqand shahri Xishrav qoʻrgʻonidan topilgan yuzlab eshaklar suyaklari va jasadlari haftaning eng shov-shuvli xabariga aylandi. Mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ushbu hodisaga nisbatan zudlik bilan chora koʻrdilar — "eshaklar goʻristoni" yoʻq qilindi va hududda dezinfektsiya ishlari olib borildi.

Ustraneniye oslinogo mogilnika u vodoyema v Samarkande
Ustraneniye oslinogo mogilnika u vodoyema v Samarkande

Jurnalist Toshpoʻlat Rahmatullayev ayni vaqtda eshaklar nima maqsadda soʻyilgani va ularning goʻshti qayerda ishlatilgani yuzasidan jurnalistik-surishtiruvini olib bormoqda. Voqea rivoji, albatta, Sputnik Oʻzbekiston nashrida yoritiladi.

Darhaqiqat, ushbu haftada Urganchda faoliyat yuritayotgan yashirin kolbasa tsexi fosh qilindi. "Oʻzstandart" agentligining viloyat sinov va sertifikatlashtirish markazi xulosasiga koʻra, tsexdagi goʻsht mahsulotlari isteʼmolchilar hayoti va sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatishi aniqlangan. Shu bois, isteʼmolchilardan xushyor boʻlishlarini, goʻsht va kolbasa mahsulotlarini xarid qilayotganda maxsus sertifikatni koʻrsatishni talab qilishlarini maslahat beramiz.

3. Yogʻ narxi arzonlashdi

Aytish joizki, bu oʻzgarish haqida faqat Samarqand viloyati hokimligi xabar qildi. Hokimlik xabariga koʻra, aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur boʻladigan mahalliy oʻsimlik yogʻi, un va shakar mahsulotlarining erkin sotilishining oldini olish uchun zarur choralar koʻrilgan va  1 kg un — 1050 soʻm, 1 kg yogʻ — 5400 soʻm, 1 kg shakar — 4800 soʻm narx belgilangan. Ajoyib xushxabar!

Proizvodstvo podsolnechnogo masla. Arxivnoye foto
© Sputnik/ Aleksandr Pogotov
Yogʻ

4. Rossiyaning Turkiyadagi elchisi oʻldirilishi

Joriy yilning 19 dekabr kuni Turkiya poytaxti Anqara shahrida mudhish qotillik amalga oshirildi — ommaviy tadbir chogʻida Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov terrorchi tomonidan otib oʻldirildi.

© RIA Novosti.
Turkiyada Rossiya elchisi oʻldirilishi

Diplomatga uyushtirilgan suʼiqasd butun dunyo rahbarlari tomonidan qattiq qoralandi. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu munosabat bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga samimiy hamdardlik bildirdi va Oʻzbekiston shunday kunda Rossiya xalqi bilan birdamligini aytdi.

5. Rustam Azimovning Tojikistonga safari — maqsad nima?

2016-yilning 26 dekabr kuni Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari Rustam Azimov Dushanbega safar qiladi. Azimov Tojikistonga nima maqsadda borayotgani koʻpchilikni qiziqtirmoqda, albatta. Ikki mamlakat oʻrtasida temir yoʻl va avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladimi? Viza masalasi-chi, u nima boʻladi?

Ministr finansov Respubliki Uzbekistan Rustam Azimov
© Sputnik/ Aleksey Danichev
Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari Rustam Azimov
Rustam Azimov nega Tojikistonga borayotganiga siz ham qiziqayotgan boʻlsangiz, unda ushbu xabarni oʻqing.

Teglar:
Rossiya, hamdardlik, elchining oʻldirilishi, Samarqand, eshaklar soʻyilishi, yogʻ arzonlashdi, Bosh vazir, vazirlar ishdan ketishi, hokimlar ishdan olinishi, Karlov, Rustam Azimov, Shavkat Mirziyoyev, Rossiya, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular