11:28 21 Yanvar 2017
Efir
Vazirlar Mahkamasi

Oʻzbekistonda yangi departament tashkil etiladi

© Flickr/ Stefan Munder
Jamiyat
Havola olish
127832

Departament Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi

TOSHKENT, 9 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Mazkur hujjat lex.uz portalida joylashtirilgan.

Nizomga koʻra, Departament Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va oʻz faoliyatini Bosh vazir rahbarligida amalga oshiradi.

Hujjatda qayd etilishicha, departament faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.

Yangi departament hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bajarilishi monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularni tezkor hal etish, hududlarning iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini rivojlantirishning holati boʻyicha kompleks tahliliy materiallar, qabul qilingan hududiy dasturlarga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash bilan shugʻullanadi.

Shuningdek, hududlar iqtisodiyotining barqarorligini va muvozanatli faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, har bir hududning mineral-xom ashyo resurslaridan, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, mahalliy byudjetlarning daromad qismini kengaytirishni amalga oshiradi.

Bundan tashqari, demografik jarayonlarni va hududlar aholisi jins va yosh tarkibini, aholi bandligi, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport tarmoqlarining darajasi va tuzilmasini, aholi hayot darajasini, shuningdek, madaniy-maʼrifiy ishlar sohasida ishlarning holatini tizimli tahlil qilish bilan shugʻullanadi.

Asosiy mavzular