18:13 23 Oktyabr 2017
Efir
Shavkat Mirziyoyev

Mirziyoyev xorijdagi oʻzbek shifokorlarini qaytarishni talab qildi

© Facebook
Jamiyat
Havola olish
1611122

Birinchidan, chet elda mehnat faoliyati olib borayotgan 50 nafar oʻzbekistonlik shifokorlarni vataniga qaytarasiz, ikkinchidan Koreya, Hindiston, Rossiya bilan hamkorlikda Toshkent, Namangan, Fargʻona va Andijonda yoʻnalishlar boʻyicha qoʻshma klinikalar ochishni tashkillashtirasiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yanvar oyining boshida Sogʻliqni saqlash vazirligining yangi rahbariyati, markazlar rahbarlari hamda viloyat sogʻliqni saqlash boshqarma boshliqlari bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda kun.uz sayti. Boʻlib oʻtgan uchrashuvda toʻliq malakali xizmat koʻrsatilmagani sababli 40 mingdan ziyod oʻzbekistonlik fuqarolar tibbiy yordam uchun xorijga chiqishga majbur boʻlayotgani taʼkidlandi.

"Ixtisoslashgan markazlar aholiga toʻliq malakali xizmat koʻrsatmagani tufayli yiliga 40 mingdan ziyod fuqarolarimiz tibbiy yordam uchun chet davlatlarga chiqishga majbur boʻlmoqda. Oʻzingiz oʻylang — 40 ming odamni qancha puli ketyapti? Nima uchun Rossiyadagi katta klinikalar mutaxassislari bu yerga olib kelinib, operatsiyalar shu yerda bajarilmaydi yoki Hindiston bilan hamkorlikda qoʻshma markaz ochilmaydi?", — deb murojaat qildi Shavkat Mirziyoyev. 

Shundan soʻng, ushbu masalalarni hal qilish uchun vazirlik rahbariyatiga tez orada bir qator  choralar koʻrish talab qilindi.

"Shuning uchun, Adham Ilhomovich, (Sogʻliqni saqlash vazirligining yangi rahbari), birinchidan, 3 oy ichida 50 nafar xorijdagi Oʻzbekiston shifokorlarini olib kelasiz va ikkinchidan, har bir davlat — Koreya, Hindiston, Rossiya bilan hamkorlikda Toshkent, Namangan, Fargʻona va Andijonda yoʻnalishlar boʻyicha qoʻshma klinikalar ochishni tashkillashtirasiz", — dedi Oʻzbekiston prezidenti.

Shu bilan bir vaqtda, xorijdan qaytib kelgan Oʻzbekistonlik shifokorlarga barcha kerakli sharoitlar yaratib berilishi kerakligi va har bir tibbiy markazdan 10-20 kishini xorijga oʻqishga yuborish kerakligi ham alohida taʼkidlab oʻtildi. 

Shuningdek, sogʻliqni saqlash borasida vaziyat yomonlashayotgani ham qayd etildi. Jumladan, oxirgi 5 yilda yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish — 25 foizga, asab kasalliklari  - 14 foizga, onkologik kasalliklar — 2,5-3 foizga oshganligi qayd etildi. Yuqori texnologik operatsiyalarning faqatgina 23 foizi viloyat miqyosida koʻrsatilgani, qolgani esa Respublika markazida bajarilayotgani taʼkidlandi. Biroq bu sohadagi muammolarning oldini olish boʻyicha deyarli hech qanday ishlar amalga oshirilmayotgani afsus bilan qayd etildi.

Shuningdek, Mirziyoyev zamonaviy talablarga javob beradigan onkologiya, neyroxirurgiya, travmatologiya va ortopediya sohalarida ixtisoslashgan markazlarning hududlarda bosqichma-bosqich kardioxirurgiya xizmatini rivojlantirish, tuman va shaharlarda lor va oftolmologiya, kardiologiya, nevrologiya, endikrinologiya kabi ixtisoslashgan boʻlimlarni tashkil etish masalasini koʻrib chiqish vaqti kelganini ham taʼkidlab oʻtdi.

Asosiy mavzular