07:26 28 Mart 2017
Efir
Tibbiyot fakulteti talabasi. Arxiv surat

Mirziyoyev: tibbiyot OTMlarida oʻquv muddati qisqartirilishi kerak

© Sputnik/ Aleksandr Kondratyuk
Jamiyat
Havola olish
Tibbiyot sohasi tanqid ostida (23)
60910

Shavkat Mirziyoyev Tibbyot mutaxassislari bilan uchrashuvda, optimallashtirish va yangi metidikalarni qoʻllash evaziga, tibbiyot sohasida oʻquv jarayonini qisqartirish haqida gapirdi.

TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yanvar oyining boshida Oʻzbekiston Tibbiyot vazirligi va viloyat hokimlari bilan boʻlib oʻtgan videokonferentsiyada Tibbiyot sohasida mavjud boʻlgan koʻplab muammolarni muhokama qildi.

Jumladan, tibbiyot sohasida kerakli mutaxassislar tayyorlash, viloyatlarda kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish kabi muammolarga alohida eʼtibor qaratildi.

"Respublika boʻyicha ajratilgan 92 ming shtat birligidan 10400 tasi vakant boʻlib qolmoqda. Vakant! Bular – anesteziolog, rentgenolog, psixiatr, pediatr, ftiziatr, labarant, shifokor mutaxassilardir", — dedi Mirziyoyev.

Prezidentning fikriga koʻra, ushbu muammolarning asosiy sababi — tibbiy kadrlar tayyorlash tizimida kamchiliklar va oʻz yechimini kutayotgan muammolar

mavjudligidir. Tibbiyot kadrlari yetishmovchiligini bartaraf etish, kadrlar tayyorlash sifat darajasini  koʻtarish uchun alohoda choralar ishlab chiqarish kerak.

Mirziyoyev aytishiga koʻra, ushbu muammolarni hal qilishda, qoʻyidagi masalalarga eʼtibor qaratish zarur: baklavriat bosqichida oʻqish muddati 7 yildan 6 yilgacha qisqartirilishi va yangi malaka oshirish va oʻquv rejalarini joriy etish. 

Shundan keyin, prezident Tibbiy akademiyaning rektoriga murojaat qilib: — Nega tibbiyot akademiyasini tugatganlardan hech kim Surxondaryoga yoki Qashqadaryoga ishga bormyapti? Nima u yerda kasal yoʻqmi?, — deb soʻradi. 

Ushbu muammolar yechimi sifatida, Mirziyoyev "kerak boʻlsa kelasi yil “oblastnoy nabor” olamiz. Kerak mutaxassilarni viloyatlardan olib oʻqitib qaytib viloyatlarga yuboramiz", — dedi.

Tibbiyot OTMlari oʻquv dasturidagi umumiy oʻquv yuklanmasini optimallashtirish, yangi pedagogik texnologiyalarni qoʻllash va amaliy koʻnikmalarni toʻlaqonli oʻzlashtirish, talabalarga shart-sharoitlarni yaratish va OTMlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash natijasida taʼlim sifatini yaxshilash kerakligi ham aytib oʻtildi.

"Talabalarga oʻtilayotgan dars sifati qanday? Kerak boʻlsa darsni oʻsha klinikaning oʻzida beringlar. Hayot talabiga javob beradigan oʻquv jarayoni yaratinglar. Koreyada qanday ekanligini oʻrganinglar. Uchinchi kursdan talabani oʻzining yoʻnalishigga qarab klinikalarga yuboringlar, navbatchilikka qoʻyinglar. Kerak emas uni auditoriyaga bogʻlab qoʻyish", — dedi Shavkat Mirziyoyev nutqining tibbiy OTMlarga bagʻishlangan qismida.

Mavzu:
Tibbiyot sohasi tanqid ostida (23)

Asosiy mavzular