13:49 28 Iyun 2017
Efir
Aleksandr Lukashenko

Aleksandr Lukashenko fevralda Oʻzbekistonga keladi

© Sputnik/ Sergey Guneyev
Jamiyat
Havola olish
49222

Hozirda Belarus yetakchisining boʻlajak tashrifi dasturi ishlab chiqilmoqda

TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko fevral oyida Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi, deb xabar bermoqda Tut.by portali.

Hozirda Belarus yetakchisining boʻlajak tashrifi dasturi ishlab chiqilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Belarus yetakchisi 2016 yilning oktyabrida Pokistondan qaytayotib Oʻzbekistonga tashrif buyurgandi. Ushbu tashrif chogʻida u Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov qabriga gul qoʻyib uning xotirasiga hurmat bajo keltirgan va uning bevasi Tatyana Karimovaga oʻz taʼziyasini izhor etgandi.

Bundan tashqari, Aleksandr Lukashenko oʻsha vaqtda prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan ham uchrashuv oʻtkazgan.

Mirziyoyev mamlakat prezidenti etib saylangach Belarus rahbari unga tabrik maktubi yoʻlladi va maktubda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish boʻyicha samarali faoliyatni davom ettirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Tut.by portalining maʼlumotiga koʻra, 2016 yil yanvar-sentyabr oylarida ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi 43,4 mln dollarni tashkil etgan, xususan eksport hajmi 23,4 mln dollarga, import hajmi esa 20 mln dollarga teng boʻlgan.

Asosiy mavzular