01:21 26 Fevral 2017
Efir
Islom Karimov

Islom Karimovning asari eng xaridorgir kitob deb topildi

AFP / BRENDAN SMIALOWSKI
Jamiyat
Havola olish
391 0 0

Oʻzbekistonda 2016 yilda eng koʻp sotilgan kitoblar reytingi eʼlon qilindi

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda 2016 yilda eng koʻp sotilgan kitoblar reytingining "Ijtimoiy-siyosiy adabiyot" yoʻnalishidi birinchi oʻrinni Islom Karimovning "Yuksak maʼnaviyat — yengilmas kuch" asari egalladi. Oʻzbekistonning birinchi prezidenti mualliflik qilgan yana uch kitob mazkur boʻlimdagi yuqori beshlikdan joy oldi, deb xabar beradi Podrobno.uz.

Maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishdagi kitoblar orasida Tohir Malik qalamiga mansub "Mehmon tuygʻular", "Odamiylik mulki" asarlari hamda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Ruhiy tarbiya" kitobi eng koʻp sotilgan.

"Badiiy adabiyot" yoʻnalishida oʻzbekistonlik kitobxonlar Oʻtkir Hoshimov, Marsel Brion va Chingiz Aytmatov asarlariga koʻproq eʼtibor qaratishgan.
Respublikaning yosh kitobsevarlari orasida esa Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Jonatan Svift va Gʻafur Gʻulom asarlari ommabop boʻlgan.