15:15 15 Dekabr 2017
Efir
Kiberxavfsizlik

Oʻzbekiston davlat xizmatchilari kiberxavfsizlik boʻyicha saboq olishdi

© Flickr/ Dennis Skley
Jamiyat
Havola olish
26931

AQSH va Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonalari hamkorligida tashkil etilgan seminar kiberxavfsizlik strategiyasi va sohadagi ilgʻor tajribalarga bagʻishlandi

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Oʻzbekistondagi hukumat tashkilotlarining yigirmadan ortiq vakili Toshkentda tashkillashtirilgan kiberxavfsizlikni taʼminlash masalalari boʻyicha ikki kunlik seminarda ishtirok etishdi, deb xabar qildi AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.

AQSH va Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonalari hamkorligida tashkil etilgan seminar kiberxavfsizlik strategiyasi va sohadagi ilgʻor tajribalarga bagʻishlandi.

Dvuxdnevnыy seminar v Tashkente po voprosam bezopasnosti v kiberprostranstve
Kiberxavfsizlik boʻyicha oʻtkazilgan seminar ishtirokchilari

Unda Ozarbayjon, Germaniya, Portugaliya, Polsha, Ukraina va Amerika Qoʻshma Shtatlaridan kelgan mutaxassislar ishtirok etdi. Ular oʻzbekistonlik mazkur sohaga masʼul vakillar bilan kibersohadagi milliy xavfsizlikni taʼminlash uchun zarur boʻlgan strategiya, amaliyot, xalqaro ilgʻor tajribalar va umumjamiyatga taalluqli yondashuvlar boʻyicha oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashishdi.

Oʻzbekistonda Marshall nomidagi Yevropa markazi tomonidan mana shunday ilk seminar 2015 yilda oʻtkazilgandi.

Asosiy mavzular