01:23 26 Fevral 2017
Efir
Temir yoʻl

Oʻzbekiston va Tojikiston temir yoʻl aloqasini tiklash boʻyicha hozircha kelisha olmadi

© Flickr / Prince Roy
Jamiyat
Havola olish
43602

Bu masala Dushanbeda dekabr oxirida oʻtgan savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha tojik-oʻzbek hukumatlararo komissiyasining yigʻilishida muhokama qilinishi rejalashtirilgandi

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Tojikiston va Oʻzbekiston ikki davlat oʻrtasidagi temir yoʻl aloqasini tiklash boʻyicha muzokaralarni davom ettirmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.

Bu masala Dushanbeda dekabr oxirida oʻtgan savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha tojik-oʻzbek hukumatlararo komissiyasining yigʻilishida muhokama qilinishi rejalashtirilgandi.

"Tojik temir yoʻli" DUKning xabar berishicha, tojik tomoni temir yoʻlning Oʻzbekistondagi Amuzang-Gʻalaba qismini tiklash taklifini bildirgan. Biroq bu taklif yigʻilishda muhokama qilinmagan, chunki u yigʻilish bayonnomasi loyihasiga kiritilmagan. Ammo bu masala boʻyicha muzokaralar davom etmoqda, dedi "TTY" DUK vakili.

2011 yil noyabrda Oʻzbekiston tomoni Amuzang-Gʻalaba uchastkasidagi temir yoʻllarni olib tashlagan.

Ilgariroq ikki respublika oʻrtasida avia va temir yoʻl aloqalarini tiklash boʻyicha hamkorlik faollashgani xabar qilingandi.

Tez orada Oʻzbekistonni Fargʻona vodiysi bilan bogʻlaydigan Tojikiston orqali oʻtgan temir yoʻl ham ishga tushishi haqida xabar tarqalgandi.

Shuningdek, 2017 yilning birinchi yarmida Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi aviaaloqa tiklanishi rejalashtirilgan.