07:30 28 Mart 2017
Efir
Er va xotin. Arxiv surat

Rossiyada xotinni doʻpposlashga ruxsat berildi

© Sputnik/ Vsevolod Tarasevich
Jamiyat
Havola olish
144960

Davlat dumasi qabul qilgan yangi qonun, yaqin kishilarini kaltaklash uchun javobgarlikni jinoiy emas maʼmuriy toifaga oʻtkazdi.

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Bugun Rossiya Davlat Dumasi yaqin qarindoshlarini kaltaklaganlar uchun jinoiy jazo belgilashni bekor qiladigan qonun qabul qildi.

Ushbu qonun qabul qilinishiga qarshi boʻlganlar darhol davlat Dumasi binosi oldiga "Uradimi?— demak sevadi" (Byet — znachit lyubit!) kabi "qanotli iboralar" yozilgan plakatlar bilan miting oʻtkazishdi.

Albatta, ushbu qonun chiqqanidan keyin erkaklar xotin yoki bolalarini bemalol doʻpposlayverishi mumkin degani emas. Agar berilgan zarbalar natijasini jabrlanuvchi biroz boʻlsada jiddiy jarohat olsa, bunday ish darrov jinoiy javobgarlik toifasiga oʻtadi.

Aslida, ushbu qonun qabul qilinishiga sabab, oʻtgan yili oila aʼzolariga tushirilgan tarsakilar  uchun javobgarlik darajasi kuchaytirilib, bunday kaltaklashni — jinoiy jazo toifasiga oʻtkazgan edi. Shu bilan bir vaqtda, agar fuqaro koʻchada notanish odamga yengil zarba bergan hollarda unga maʼmuriy jazo berilar edi. Bir xil qilmishga turli jazo berish — qonunchilikda va jamiyatda koʻplab tushunmovchiliklar keltirib chiqardi.

Yangi qonun esa ushbu tushunmovchilikni bartaraf qilib, oila aʼzolariga berilgan yengil tarsakilarni yana maʼmuriy jazo toifasiga qaytardi.

Aytmoqchi, bolalarni jazolash uchun ham jinoiy javobgarlik berilishi mumkin boʻlgan, oldingi qonunga bir necha jamoat tashkilotlari qarshi chiqishgan edi. Masalan, "Umumrossiya ota-onalar qarshiligi tashkiloti" fikriga koʻra — ushbu qonun  bolalarni tarbiya qilishga xalal berishi va arzimagan ish uchun oilalar buzilishiga olib kelishini taʼkidlagan edi.

Asosiy mavzular