Axborot-kommunikatsiya vazirligi tadbirkorlar muammolari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazmoqda

Obuna bo‘lish
Bu axborot-kommunikatsiya sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar duch kelayotgan muammo va burokratik to‘siqlarni aniqlashga yordam beradi

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va biznes vakillari orasida onlayn-so‘rovnoma o‘tkazmoqda.

Bu axborot-kommunikatsiya sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar duch kelayotgan muammo va burokratik to‘siqlarni aniqlashga yordam beradi hamda mazkur muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflarni aniqlaydi.

So‘rovnoma "Telekommunikatsiya (aloqa tarmoqlari, mobil aloqa, raqamli televidenie)", "Pochta aloqasi", "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (elektron hukumat, dasturiy ta’minot)", "Axborot xavfsizligi", "AKT sohasida kadrlar tayyorlash " va "Boshqalar" deb nomlangan bo‘limlardan iborat.

So‘rovnoma qatnashchilari o‘zlari haqida ma’lumot qoldirishlari mumkin, lekin bu majburiy emas.

Yangiliklar lentasi
0