18:18 23 Oktyabr 2017
Efir
Gulnora Karimova, arxiv surat

Oʻhoʻ!: daragi chiqqan Gulnora Karimova yoxud haftaning eng muhim xabarlari

© Sputnik/ Valeriy Levitin
Jamiyat
Havola olish
Dilshoda Rahmatova
174091514

Oʻzbekistonliklar tomonidan soʻnggi kunlar davomida "Oʻhoʻ!" deya qarshi olingan yangiliklar roʻyxatini eʼtiboringizga havola qilamiz

Demak, bugungi xabarlarda erkaklar qovoq solib, ayollar chapak chalib qarshi olgan yangi qonun, Turkiya tomonidan terrorchilikda ayblangan Masharipov, 29 yashar oʻgʻlini mer qilib tayinlab, soʻngra xalqini oʻchmaydigan svet bilan taʼminlagan Emomali Rahmon haqida soʻz boradi.

1. Ajrashayotgan erkak oʻz oilasini uy bilan taʼminlashi kerak boʻladi

Yangilik internet foydalanuvchilari orasida qizgʻin muhokamaga sabab boʻldi. Qizigʻi, erkaklar "endi uylanadiganlar soni kamayadi", degan fikrni ilgari surishgan boʻlsa, ayollarning aksariyati "bizning haq-huquqlarimizni ham oʻylaydiganlar bor ekan" deya oʻz xursandchiliklarini yashirmadilar.

Xabar ostida "Oʻzbekistonda ham Yevropa davlatlarida kabi "nikoh shartnomasi"ni joriy qilish vaqti keldi shekilli", deya izoh qoldirganlar ham topildi. Xullas, siz ham ushbu xabarni oʻqib, boshqalar bilan fikrlashishingiz mumkin.

2. Turkiyada Oʻzbekiston fuqarosi terrorchilikda ayblandi

Turkiya prezidentining buyrugʻiga asosan amalga oshirilgan maxsus operatsiya natijasida Istanbuldagi tungi klubga qurolli hujumni amalga oshirgan shaxs qoʻlga olindi. Laqabi Abu Muhammad Xurosoniy boʻlgan Masharipovning Oʻzbekiston fuqarosi ekanligi maʼlum qilindi. Masharipov tungi klubga hujum qilganidan afsuslanmasligini bildirgan.

 

Podozrevayemыy v rasstrele posetiteley nochnogo kluba Reina Abdulgadir Masharipov
AA/
Masharipov, olti yil muqaddam Oʻzbekistonni tark etgan. Terrorchilar roʻyxatida turgan

3. Tursunoy Sodiqovaning vafoti

Andijonlik shoiraning vafoti minglab qalblarni larzaga soldi. "Xalq uchun fidoyilik qilib muhabbat ulashgan inson Xalq qalbi va xotirasida mangu qolajak. Ilohim joylari jannatdan boʻlsin…" Xabarga internet foydalanuvchilarining aksariyati ana shunday fikr bildirgan.

Tursunoy Sodiqova
Stringer
Tursunoy Sodiqova

4. Gulnora Karimova bilan koʻrishgan advokat iqrori

Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning toʻngʻich qizi atrofidagi uzunquloq gaplar hamon tingani yoʻq. Ayrim OAVlar "Gulnora Karimova vafoti" haqida har oy xabar qilishni odat tusiga aylantirgan, hatto. Jenevalik advokat Greguar Manja esa Gulnora bilan dekabr oyida koʻrishganini aytdi.

 

Gulnara Karimova
© Sputnik/ Valeriy Levitin
Gulnora Karimova
5. Tojikistondan Rogʻun GESi haqida navbatdagi "xushxabar"

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Dushanbeni 20 yilga yaqin muddat boshqarib kelgan Maxmadsaid Ubaydulloyevni ishdan olib, uning oʻrniga 29 yashar oʻgʻlini mer etib tayinladi. Bu xabar tojikistonliklar orasida katta shov-shuv koʻtargach, oradan ikki kun oʻtib, Rahmon, respublikadagi barcha xonadonni 24 soat oʻchmaydigan svet bilan taʼminladi.

Stroitelstvo Rogunskoy GES
Rogʻun GESi qurilishi jarayonidan surat

Kuni kecha Tojikiston hukumati Rogʻun GESi haqidagi yangi xabarni eʼlon qildi. Maʼlum qilinishicha, Rogʻun GESi "uyqudagi ajdaho" deb ataladigan Sarez koʻli namunasida qurilar emish…

Teglar:
Gulnora Karimova, terrorchi, Rustam Azimov, Oʻzbekiston, Istanbul

Asosiy mavzular