Lola Karimova-Tillyayeva jamg‘armasi 15 ming bolaga yordam berdi

Obuna bo‘lish
Viloyatlarda yashayotgan yordamga muhtoj bolalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishni kengaytirish maqsadida kelajakda hududlarda markaz filiallarini ochish ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Lola Karimova-Tillyayeva rahbarligidagi "Sen yolg'iz emassan" jamg‘armasi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyati davomida 15 ming bolaga yordam berdi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Ushbu ma’lumotlar shu kunlarda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan "Ijtimoiy inklyuziya: bolalar ijtimoiylashuvidagi yangi yo‘nalishlar" Xalqaro anjumanida ma’lum qilindi.

"Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bevosita O‘zbekistonning birinchi prezidenti qo‘llab-quvvatlovi ostida tashkil etilgan. Hozirda markaz xayriya asosida xizmat ko‘rsatadi va eng zamonaviy texnika bilan jihozlangan. Markaz mutaxassislari har bir bola uchun shaxsiy reabilitatsiya dasturini ishlab chiqadilar", — dedi Lola Karimova-Tillyayeva.

Lola Islamovna Karimova-Tillyayeva - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova navbatdagi xayriya tadbiri haqida xabar qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, viloyatlarda yashayotgan yordamga muhtoj bolalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishni kengaytirish maqsadida kelajakda viloyatlarda markaz filiallarini ochish ko‘zda tutilgan. Hozirda Qarshi shahrida markaz filialini tashkil etish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

"Markaz faoliyati statistikasining ko‘rsatishicha, bu yerga kelgan bolalarning 72%ida ijobiy o‘sish kuzatilmoqda. Ular oyoqqa turishmoqda, ayrimlari umumta’lim yoki maxsus maktablarga qatnamoqda", — dedi Lola Karimova-Tillyayeva.

Anjuman yakunlariga ko‘ra imkoniyati cheklangan, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning qiziqishlari hamda imkoniyatlarini inobatga olgan holda ijtimoiy muhofaza qilish va integratsiyalash samaradorligini oshirish, ularni to‘laqonli mustaqil hayot kechirishi uchun kasbiy va jismoniy tayyorlash tizimi bo‘yicha kerakli tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0