Lukoyl O‘zbekistonda qanday yonilg‘i sotishini xabar qildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishToplivorazdatochnaya kolonka na avtozapravochnoy stansii
Toplivorazdatochnaya kolonka na avtozapravochnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Lukoyl" Toshkentda yaqin kelajakda ochiladigan birinchi AYoQShda yuqori sifatli AI-92, AI-95 va dizel yonilg‘isi sotilishini xabar qildi.

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. "Lukoyl" kompaniyasi sobiq Toshkent aviatsiya zavodi yaqinida joylashgan, kompaniyaning O‘zbekistondagi birinchi AYoQShida qanday yonilg‘i sotilishini xabar qildi, Podrobno.uz xabariga asosan.

Kompaniya xabariga ko‘ra bu yerda yuqori sifatli dizel yonilg‘i, hamda Yevro-5 standartiga mos keladigan AI-92 va AI-95 markali benzin sotiladi.

Undan tashqari AYoQShda mijozlarga avtomobil balloni bosimini tekshirish, salonni changutgich yordamida tozalash kabi xizmatlar ham taklif qilinadi. Shuningdek, AYoQSh yaqinida minimarket — kichik magazin ham bo‘lib, unda oziq-ovqat mahsulotlari, avtomobil aksessuarlari hamda "Lukoyl" motor moylari va avtoximiya mahsulotlari sotiladi.

Lukoyl kompaniyasi zavodi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev “Lukoyl” rahbari Alekperov bilan uchrashdi

24 soat ishlaydigan AYoQShda kichik kafe, uyali aloqa vositalarini zaradlash va bepul Wi-Fi xizmatlari ham bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

Kompaniya xabariga ko‘ra,  benzin narxlari va shaxobcha ochilish aniq sanasini yaqin orada ma’lum qilinadi.

OAVlarda paydo bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, kelajakda O‘zbekistonda 50ta va undan ortiq "Lukoyl" yonilg‘i quyish shaxobchalari paydo bo‘lishi mumkin, lekin buning uchun Rossiyadan quvur orqali neft yetkizib berish tizimini ishga tushirish kerak. Kompaniya bu borada Rossiya hukumati va neft yetkizib beruvchi yirik kompaniyalari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0