10:55 23 Avgust 2017
Efir
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, arxiv surat

Oʻhoʻ: Yangi "Mahalla" vazirligi va Mirziyoyevning internetni "portlatgan" farmoni

AP Photo / Anvar Ilyasov
Jamiyat
Havola olish
Dilshoda Rahmatova
51811317

Bu hafta ushbu rukndan Samarqandda eshak soʻygan "biznesmen"larning sud qilinishi, "Daydi" filmi ijodkorlaridan navbatdagi "dohiyona" izoh hamda boshqa qiziqarli yangiliklar oʻrin oldi

TOSHKENT, 14 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda har bir hafta yangiliklarga boy boʻlmoqda. Qay birini eʼtiboringizga havola qilishga ham shoshib qolamiz baʼzan. Demak, oʻtgan haftada oʻzbekistonliklarni koʻproq ajablantirgan, xursand qilgan va oʻylantirgan xabarlar bilan tanishing, marhamat.

1. Shavkat Mirziyoyev pensiyalarni va talabalar stipendiyalarini naqd pulda berish qarorini imzoladi

Oʻzbekiston prezidenti mazkur hujjatga imzo chekib, oʻzbekistonlik aksariyat pensionerlarning plastik kartochka bilan bogʻliq hamda boshqa muammolarini hal qildi. Qarorga muvofiq, 1-fevraldan boshlab pensiya va nafaqa toʻlovlari faqat naqd pulda beriladi. Bundan tashqari uzoq va togʻli hududlarda yashovchi aholi oylik maoshlari, shuningdek oliy taʼlim maskanlari talabalarining stipendiyalarining 50%i naqd pulda toʻlanishi kerak

Uzbekskiye denejnыe znaki - sum
© Sputnik/
Uzbekskiye denejnыe znaki - sum

 

2. Xorazm viloyati elektromobillarga oʻtishga hozirgarlik koʻrmoqda

Xitoy hukumati yaqinda elektromobillar quvvat olishi uchun mamlakatda 800 mingdan ziyod punktlar qurishni rejalashtirganini eʼlon qildi. Xitoy punktlar qurish bilan ovora bir paytda Xorazm elektromobillar ishlab chiqarish bilan andarmon, ayrim namunalar hatto yoʻllarda harakatlanmoqda

Zaryadka akkumulyatorov elektromobilya.
© Sputnik/ Yevgeniy Biyatov
Zaryadka akkumulyatorov elektromobilya.

3. Emomali Rahmon tabiiy ofatlar sababli sarosimaga tushdi

Yanvar oyida Tojikistonda koʻchkilar oqibatida 13 inson nobud boʻldi. Shu sababdan Favqulodda vaziyatlar boʻyicha davlat komissiyasi majlisini chaqirgan Rahmon olimlarga togʻli hududlardan oʻtuvchi avtomagistrallarda yangi himoya qurilmalarini barpo etish va barcha xavfli hududlar mudofaasini kuchaytirish boʻyicha yangi rejalar ishlab chiqishni buyurdi

Raschistka dorogi ot snejnыx zavalov, arxivnoye foto
© Sputnik/ Vladimir Ivanov
Raschistka dorogi ot snejnыx zavalov, arxivnoye foto

4. Eshak soʻygan biznesmenlar sud qilindi

Samarqand shahrida yuzlab eshaklarning suyaklari aniqlangach, mahalliy aholi bu hayvonlarning goʻshti qayerga ketgani bilan qiziqdi, IIBB xodimlari esa ushbu holatni sodir etgan shaxslarni topish uchun surishtiruv ishlarini boshlab yuborishdi…

Xabarga koʻra,  "eshak biznesi"ga Samarqand viloyatining 5 nafar fuqarosi jalb qilingan. Ushbu voqea sodir etilishi tarixi va sud guruh aʼzolarini qanday jazoga tortgani haqida quyidagi ilovada oʻqishingiz mumkin.

Ustraneniye oslinogo mogilnika u vodoyema v Samarkande
Ustraneniye oslinogo mogilnika u vodoyema v Samarkande
5. Oʻzbekistonda "Mahalla" vazirligi tashkil etildimi?

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mahalla institutini takomillashtirish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.

Farmon sharhida fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining jamiyatdagi oʻrni va rolini yanada kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va koʻmakdoshiga aylantirish; jamiyatda oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish kabi maqsadlar mahalla institutini yanada takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilangani aytilgan.

Hujjatga koʻra, Respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari maqomi, maishiy taʼminoti, tibbiy va transport xizmatidan foydalanish borasidagi shart-sharoitlariga koʻra – vazirga, Respublika kengashi raisining oʻrinbosari – vazir oʻrinbosariga tenglashtirilgan.

6. Navroʻz Navroʻzdek boʻlsin!

Oʻzbekiston prezidentining "Biz bu yil Navroʻzni xalq sayli qilamiz. Ana shuni hamma bilsin. Biz hozirdan tayyorgarlik qilaylik. Hamma rayon hokimlari eshitsin — dalalarda, bogʻlarda sayl boʻladi. Saylda hammamiz qatnashamiz", degan gapi internet olamini "portlatgan" xabarlardan biri boʻldi. Ishonch hosil qilish uchun xabarga oʻzbekistonliklar tomonidan qoldirilgan izohlarni oʻqishingiz mumkin!

Zriteli na gorodskom prazdnike Navruz v Tashkente
© Sputnik/ /Stringer
Zriteli na gorodskom prazdnike Navruz v Tashkente

7. Oʻzbek rejissyoridan navbatdagi "lagʻmon"

Oʻtib borayotgan haftada oʻzbek kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan blokbaster janrida suratga olingan "Daydi" filmining premyerasi Gollivud aktyori Morgan Friman sababli qoldirilgan edi. Mahalliy OAV vakillarining murojaatiga film rejissyori Sirojbek Abdullayev filmdagi Morgan Frimen emas, balki uning Oʻzbekistondagi oʻxshash chehrasi, yaʼni qiyofadoshi ekanligini maʼlum qilib, quyidagi suratni taqdim etgan.

Eto ne Morgan Friman
Bu Morgan Frimen emas, uning qiyofadoshi

Ofarin, fantazyor!

Teglar:
Daydi, oʻzbek kino, Morgan Friman, Navroʻz, mahalla, Shavkat Mirziyoyev

Asosiy mavzular