Buxoro hokimiyati ayrim OAVlar tarqatgan xabarga raddiya berdi

Obuna bo‘lish
Buxoro hokimligi matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, 2017-yilning 15-fevral kuni ayrim xorijiy OAVlar "Hukumat uy buzish uchun yozni kutmadi" deya nomlangan noto‘g‘ri xabarni tarqatgan

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Ushbu xabarda ko‘tarilgan masala yuzasidan Buxoro viloyati hokimiyati axborot xizmati aniqlik kiritish maqsadida xaqiqiy vaziyat bilan bog‘liq quyidagi axborotni ma’lum qilishga qaror qildi.

"Shuni ma’lum qilamizki, 2017-yil yanvar oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi hukumati hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, tumanlar va shaharlarni obodonlashtirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan bir qator qarorlarni qabul qildi.

Buxoro viloyat amaldorlari yangi hokimdan hayfsan olishdi
Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Buxoro viloyatining aholisi salomatligi hamda turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida 20-yanvar 2017-yil qaror qabul qilgan.

Shu qarorni bajarish doirasida Olot tumani hokimligi tomonidan tuman hududini obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shu asnoda hokimlik tomonidan hududdagi ko‘p kvartirali uy-joylar atroflarida fuqarolar tomonidan noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish, uy-joylarni shaharsozlik va yong‘in xavfsizligi normalariga moslashtirish maqsadida ishchi guruhlari tuzilib, ish faoliyatini boshlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Ishchi guruhlari tumandagi "Bunyodkor", "Nonimas" mahalla fuqarolar yig‘inlarida ko‘p kvartirali uylar atroflarida qurilgan kadastrda rasmiylashtirilmagan molxonalar, hojatxonalar, omborchalar hamda boshqa qo‘shimcha qurilgan binolarni buzish ishlarini olib borgan.

Noqonuniy qurilishlarni buzishdan oldin fuqarolarga ularning qo‘shimcha qurilishlari shaharsozlik norma va qoidalariga mos kelmaganligi uchun buzilishi yuzasidan ogohlantirish xatlari berilgan.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, ishchi guruhining faoliyati davrida fuqarolar yashash uylarining birortasi buzilmagan. Faqatgina, ko‘p kvartirali uylarga tutash qilib noqonuniy qurilgan qo‘shimcha binolar bartaraf qilingan.

Hozirgi vaqtda ob-havoning noqulay kelishi munosabati bilan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlari vaqtincha to‘xtatilgan", deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0