Islom Karimov haqida badiiy film suratga olinadi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishIslom Karimov
Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Film "O‘zbekkino" milliy agentligi Jizzax viloyati hududiy bo‘limi rahbarligida suratga olinadi

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan «Ishonch» deb nomlangan badiiy filmni suratga olish uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi, deb yozmoqda "Kun.uz".

O‘zbekiston Birini prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimovni xotirlab

Film "O‘zbekkino" milliy agentligi Jizzax viloyati hududiy bo‘limi rahbarligida suratga olinadi. Filmning g‘oya muallifi Ravshanbek Yo‘ldoshev, ssenariy muallifi Xanifa Yo‘ldosheva.

"O‘zbekistonni ko‘p yillar boshqargan bu insonni xotirlash, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlarni kelajak avlodga badiiy kino orqali yetkazish bugun eng dolzarb vazifalardan sanaladi", — deydi g‘oya muallifi Ravshanbek Yo‘ldoshev.

Mazkur film g‘oyasi O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi davlat unitar korxonasining 00376-sonli mualliflik huquqi guvohnomasiga ega.

Yangiliklar lentasi
0