Andijon viloyatining ikki tumanida hokim o‘zgardi

Obuna bo‘lish
Andijon viloyati hokimining qarori bilan Ulug‘nor va Bo‘z tumani hokimlari o‘zgartirildi

TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Andijon viloyati hokimining qarori bilan Ulug‘nor va Bo‘z tumani hokimlari o‘zgartirildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hokim qaroriga ko‘ra, Asilbek Akramovich Yusupov Ulug‘nor tumani hokimi lavozimiga tayinlangan. Yusupov bu lavozimga Abdug‘ofir Sulaymonovning o‘rniga kelgan.

Lavozimga tayinlanishdan oldin Asilbek Akramovich O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini boshqarish departament direktori lavozimida ishlagan.

Abdurashid Rayimjonovich Mamirov esa Bo‘z tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.

Bo‘z tumani hokimi sifatida shu kungacha Doniyorbek Adilboyev faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Abdurashid Mamirov bu lavozimga tayinlanishdan oldin Andijon viloyati hokimligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0