Qashqadaryoda shafran plantatsiyalari tashkil etiladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPervosveti raspustilis v Moskve
Pervosveti raspustilis v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yildan boshlab Qashqadaryo viloyatining tog‘ va tog‘oldi hududlarida shafran (za’faron) plantatsiyalari tashkil etishga kirishiladi

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga safari davomida O‘zbekiston olimlari tomonidan tayyorlangan o‘rmon fondi yerlarida shifobaxsh o‘simliklar yetishtirish loyihasi taqdimoti bilan tanishdi, deb yozadi "Kun.uz".

Loyihaga ko‘ra, 2017-yildan boshlab Qashqadaryo viloyatining tog‘ va tog‘oldi hududlarida shafran (za’faron) plantatsiyalari tashkil etishga kirishiladi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev MDHdagi eng yirik loyihalardan biri bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston florasi dorivor giyohlarga boy ekanini, xususan, shafran o‘simligidan qadimdan xalq tabobatida keng foydalanib kelinganini ta’kidladi.

Prezident hozirgi vaqtda O‘zbekistonda dori vositalarini ishlab chiqarishda shifobaxsh shafran muhim xom ashyo manbai bo‘lib xizmat qilishini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev soha mutaxassislariga bunday o‘simliklar turini ko‘paytirish va plantatsiyalarni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar bergan.

Ma’lumot uchun, shafran tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida keng ishlatiladi. Bu o‘simlikni ko‘paytirish O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar xom ashyosini mahalliy sharoitda yetishtirish va oziq-ovqat ziravori sifatida eksport qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yangiliklar lentasi
0