Manba: Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga tashrif buyuradi

© Sputnik / Aleksey DrujininShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yilning oktabr oyi oxirida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Shavkat Mirziyoyevni Turkmanistonga davlat tashrifi bilan kelishga taklif etgandi

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga rasmiy davlat tashrifini amalga oshiradi, deb xabar berdi Podrobno.uz agentligi Tashqi ishlar vazirligidagi manbaga asoslanib.

Turkmaniston bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Turkmanboshi bilan telefonlashdi

"Tashrif amalga oshirilishi aniq, hozirda tayyorgarlik jarayoni ketmoqda", — dedi agentlik suhbatdoshi. Lekin u tashrif muddatiga aniqlik kiritmagan.

O‘tgan yilning oktabr oyi oxirida Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda Berdimuhammedov O‘zbekiston prezidentini Turkmanistonga davlat tashrifi bilan kelishga taklif etgandi.

27 yanvar kuni Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 13-yig‘ilishi o‘tkazilgandi.

O‘shanda ikki tomonlama o‘zaro aloqalarning strategik yo‘nalishlari muhokama qilingan, asosiy e’tibor savdo-iqtisodiy, yoqilg‘i-energetika hamda transport-kommunikatsiya sohalariga qaratilgandi.

Yangiliklar lentasi
0