21:42 27 Aprel 2017
Efir
Provedeniye analizov v bioximicheskoy laboratorii

Toshkentdagi poliklinikalardan birida erkakka homilador ekanligini aytishdi

AFP / CARL DE SOUZA
Jamiyat
Havola olish
47771713

Familiya sizniki, demak, xorionik gonadotropinlar (homilador ayollar gormoni) ham sizga tegishli, - deydi hamshiralar

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Poytaxtdagi Mirzo Ulugʻbek tumanidagi poliklinikalardan birida tahlil topshirgan erkak kutilmagan tashxisdan hayratda qoldi, deb yozadi nuz.uz.

Mirzo Ulugʻbek tumanida yashovchi erkak poliklinikalardan birida tahlil uchun qon va siydik topshirdi. Natijani bilish uchun kelganida esa unga homilador ekanligini aytishdi.

"Birinchi bergan savolim shu boʻldi: kimdan? Xotinimdanmi?". Roʻyxatxonadagilar esa keskin javob qaytarishdi: "Boshimizni qotirmang".
Men ulardan tahlil natijalarini qaytadan tekshirib koʻrishni, tahlillar almashib qolgan boʻlishi yoki familiyamni notoʻgʻri yozgan boʻlishlari mumkinligini aytdim. Biroq ular hech qanday xato yuz bermaganini taʼkidlashdi: "Familiya sizniki, demak, xorionik gonadotropinlar (homilador ayollar gormoni) ham sizga tegishli. Sogʻliqni saqlash vazirligi adashmaydi. Salomat boʻling, deyishdi", — deydi erkak.

Erkak oʻzining "homilador"ligidan aslo choʻchib ketmaydi, balki hamshiralar bilan hazillashadi. Uning balki xakerlar poliklinika kompyuter tizimini buzishgandir, degan savoliga hamshiralar u adashib boshqa odamning qoni va siydigini koʻtarib kelganligini aytib javob qaytarishadi.

"Hech boʻlmasa nechanchi oyda ekanligimni aytinglar? Bunday gapni har kuni ham eshitmaydi odam", — deya davom etadi erkak.

"Tomosha koʻrsatishni bas qiling! Bizda halol, vijdonan va bepul xizmat koʻrsatiladi, istasangiz portalga yozing. Bizda bemorlar manfaati yuqori turadi, agar bilishni istasangiz, bemorlar bilan muloqotlar oʻtkazamiz", — deydi hamshiralardan biri.

Voqea almashib qolgan tahlil natijalarining topilishi bilan nihoyasiga yetdi. Maʼlum boʻlishicha, hamshiralardan biri tahlil natijasini homilador ayolning tahlili bilan almashtirib qoʻygan ekan. Poliklinika xodimlarining oʻzlari ham qanday qilib bu hol yuz berganiga tushunishmadi.

Albatta, tahlillar almashib qolgani fojialimas, balki kulgili holatga olib keldi, agar erkak qaysarlik qilib turib olmaganida, "homilador"ligicha qolib ketardi.

Asosiy mavzular