21:41 27 Aprel 2017
Efir
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Saudiya Arabistoni ыiroli Salman ibn Abdel Aziza al-Saudni kutib olmoqda

Saudiya Arabistoni qiroli Yaponiyaga 10ta samolyot bilan keldi

Shizuo Kambayashi / POOL / AFP
Jamiyat
Havola olish
121055

Delegatsiya 10ta samolyot orqali uchgan, samolyotlarga ortilgan yuklarning umumiy hajmi 459 tonna. Tokioda ular uchun 500dan ortiq limuzin xizmat qilgan, Yaponiya poytaxtidagi eng yaxshi mehmonxonalarda 1000dan ortiq nomer oldindan band qilingan.

TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Tokioga rasmiy tashrif bilan bordi. Bu saudiyaliklar qirolining 46 yil ichida ilk marta Yaponiyaga kelishi hisoblanadi. Qirolga 1500 kishi hamrohlik qilmoqda, jumladan 25 nafar shahzoda, vazirlar va biznesmenlar, deb yozadi kun.uz nashri. 

Koʻp sonli delegatsiyani Yaponiyaga olib borish uchun 10ta samolyot kerak boʻlgan. Samolyotlarga ortilgan yuklarning umumiy hajmi 459 tonna. Tokioda ular uchun 500dan ortiq limuzin xizmat qilgan, Yaponiya poytaxtidagi eng yaxshi mehmonxonalarda 1000dan ortiq nomer oldindan band qilingan.

Xaneda aeroportida 81 yoshli monarxni Yaponiya taxti vorisi shahzoda Naruxito kutib olgan. Saudiyaliklar qiroli Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe hamda mamlakat qiroli Akixito bilan ham uchrashishni rejalashtirgan.

Yaponiya bosh vaziri bilan muzokaralarda oʻzaro hamkorlikda iqtisodiy zona tuzilishi haqida eʼlon qilinishi, shuningdek, "Yaponiya va Saudiya Arabistoni. 2030 yilgacha istiqbol" iqtisodiy dasturi taqdimoti oʻtkazilishi kutilmoqda. Rejaga koʻra, Tokio Ar-Riyodga iqtisodning neftga bogʻliqligidan qutulishga yordam koʻrsatadi.

Saudiya Arabistonidagi eng yirik neft kompaniyasi boʻlmish Saudi Aramco qisman xususiylashtirilishi nazarda tutilgan. Bu kompaniya neft zaxiralari hamda xomashyo qazib olish koʻrsatkichlari boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi. Uning qiymati 781 milliard dollarga baholangan.

Saudovskiy korol Salman (vtoroy sleva) i premyer-ministr Yaponii Sindzo Abe (sprava) na vstreche v ofitsialnoy rezidentsii Abe v Tokio
AP Photo/Shizuo Kambayashi, Pool
Yaponiya va Saudiya Arabistoni delegatsiyalari uchrashuvi

Maʼlumki, Saudiya Arabistoni oʻz iqtisodini faqat neft sotish asosida faoliyat yuritayotganidan jiddiy xavotirda. Oxirgi 2 yilda jahon bozorida neftning narxi bir necha bor tushib ketdi. Undan tashqari, bir kun kelib neft ham tugashi mumkin. Ushbu omillarni nazarda tutgan holda Saudiya Arabistoni bir necha oʻn yil davomida mamlakatda iqtisodning eng ilgʻor, eng zamonaviy  va yuqori texnologiyali sohalarini rivojlantirishga harakat qilib kelmoqda.

Yaponiya yuqori texnologiyalar borasida dunyoda yetakchi mamlakatligi ham sir emas. Ustiga ustak, Yaponiya Saudiya Arabistonining eng yirik neft sotib olayotgan mijozidir. Ushbularni nazarda tutgan holda Yaponiya mamlakat iqtisodining yuqori texnologiyali sohalariga investitsiya kiritish evaziga, Saudi Aramco aktsiyalarining bir qismini Yaponiyaga taklif qilgani ajab emas.

Bunday koʻp sonli delegatsiya bilan tashrif buyurishdan maqsad esa esa, Yaponiya bilan imkon qadar koʻproq biznes aloqalar oʻrnatishdir.

Asosiy mavzular