09:33 21 Noyabr 2017
Efir
Uzbekskiye studentы v posolstve RUz v Moskve

Oʻzbekistonlik talabalar soni oshishidan xursand boʻlamiz - Tatariston prezidenti

© Sputnik/
Jamiyat
Havola olish
24741

Tatariston rahbarining fikricha, sport va turizm sohasida hamkorlikni kengaytirish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud

TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov respublikada oʻzbekistonlik talabalar soni oshishidan xursand boʻlishini bildirdi. U bu haqda Qozon Kremlida Samarqand viloyati hokimi Himmat Oqboʻtayev bilan uchrashuv chogʻida aytdi.

Eslatib oʻtamiz, hokim boshchiligidagi Samarqand viloyati delegatsiyasi Tataristonga rasmiy safari chogʻida "Alabuga" maxsus iqtisodiy zonasi, Innopolis innovatsion IT shaharchasi hamda "Kamaz" zavodi ishlab chiqarish maydoni bilan tanishdi.

Mehmonlarni kutib olar ekan, Rustam Minnixanov oʻzbek delegatsiyasining mazkur tashrifi Tatariston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada kuchaytirishiga ishonch bildirdi.

Rustam Minnixanovning aytishicha, oʻtgan yili Tatariston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 50 mln dollardan oshgan, lekin ushbu miqdorni koʻplab yoʻnalishlarda yanada oshirish imkoniyati mavjud.

"Bugungi hamkorligimiz darajasi mavjud imkoniyatlarimizga mos emas, ayniqsa, iqtisodiyot sohasida", — dedi u.

U Tataristonning Oʻzbekiston bilan madaniyat va taʼlim borasidagi hamkorligi rivojlanayotganini taʼkidladi.

"Tatariston oliy taʼlim muassasalarida Oʻzbekistondan 2 ming nafar talaba tahsil oladi va biz ularning soni oshishidan xursand boʻlamiz", — dedi Rustam Minnixanov.

Tatariston rahbarining fikricha, sport va turizm sohasida hamkorlikni kengaytirish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud.

Oʻz navbatida Samarqand viloyati hokimi Himmat Oqboʻtayev tataristonlik mutaxassislarni va respublika prezidentini Oʻzbekistonga taklif etdi.

Tatariston Oʻzbekistonga rezina, uskunalar, plastmassa, transport vositalari, kimyo va farmatsevtika mahsulotlari, yogʻoch, oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qiladi.

Oʻzbekistondan Tataristonga esa asosan kiyim-kechak, tekstil va qishloq xoʻjalik mahsulotlari keltiriladi.

Tatariston Oʻzbekistonga "Kamaz" zavodi mahsulotlari, kompressor va muzlatish texnikasini eksport qilish, mashinasozlik, tibbiyot va sogʻliqni saqlash sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga qiziqmoqda.

Asosiy mavzular