21:41 27 Aprel 2017
Efir
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, arxiv surat

Markaziy bank toʻlov terminallari uchun ijara haqini 50 foizga kamaytirdi

© Baxodыr Mamadjanov
Jamiyat
Havola olish
38210

Endilikda yuridik shaxslarga oʻzlari foydalanayotgan toʻlov terminallari uchun ijara haqi 5 yevrogacha, yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa 2,5 yevrogacha etib belgilandi

TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Markaziy bank va Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi banklararo chakana toʻlov tizimida mijozlarga xizmat koʻrsatishda "soʻm" plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank va nobank kredit tashkilotlari uchun amaldagi tariflar rejasiga ayrim oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki matbuot-xizmati.

Joriy yilning 15 martidan kuchga kiradigan tarif rejasiga koʻra, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning toʻlov terminallari uchun toʻlaydigan ijara haqi 50 %ga qisqartirilmoqda. Endilikda yuridik shaxslarga oʻzlari foydalanayotgan toʻlov terminallari uchun ijara haqi 5 yevrogacha, yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa 2,5 yevrogacha etib belgilandi.

Qayd etish lozimki, tijorat banklari tomonidan plastik kartochkalardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirish choralari koʻrilmoqda. Hozirgi paytda jismoniy shaxslarga plastik kartochkalar orqali qisqa muddatli isteʼmol kreditlari berishni (overdraft) yoʻlga qoʻyish boʻyicha tartib ishlab chiqilmoqda. Bu kreditlarga foiz stavkalarini har bir tijorat banki oʻzining ichki kredit siyosatidan kelib chiqib, shartnoma asosida belgilaydi.

Tijorat banklari savdo-servis tashkilotlari bilan birgalikda plastik kartochkalardan foydalanuvchilarning ularni ishlatishdan manfaatdorligini oshirishga yoʻnaltirilgan turli xil bonus, diskont va ragʻbatlantiruvchi dasturlarni tatbiq etish amaliyotini kengaytirish borasidagi ishlari izchil davom ettirib boriladi.

Teglar:
toʻlov terminali, Markaziy bank

Asosiy mavzular