06:13 18 Dekabr 2017
Efir
Dojd v Moskve

Navroʻz kunlari yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

© Sputnik/ Vladimir Sergeyev
Jamiyat
Havola olish
87610

19-22 mart kunlari Toshkent va unga yaqin viloyatlarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Ayrim hududlarda yomgʻir kuchli boʻlishi mumkin. Yomgʻirli havo Respublikaning janubiy hududlarida ham kuzatilishi mumkin.

TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Navroʻz bayramini nishonlash kunlai Oʻzbekistonning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻishi mumkin deb xabar qilmoqda Oʻzgidrometereologiya markazi.

Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida  19-21 mart kunlari yogʻingarchilik boʻlmaydi, 19 mart tunda havo harorati 2-7 gradus kunduzi 5-10 gradusgacha iliq boʻlishi mumkin. 20-22 mart kunlari havo harorati 15-20 gradusgacha koʻtarilishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida 19-20 mart kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. 21 mart kuni alohida tumanlarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 22 mart kuni yomgʻir yogʻishi, ayrim joylarda esa — kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin. 21-22 mart kunlari shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 19 mart tunda 3-8 gradus, 19-20 mart kunduzi 17-22 gradusgacha iliq boʻlishi mumkin. 21-22 mart tunlari 5-10 gradus, kunduzi esa 13-18 gradusgacha iliq boʻlishi kutilmoqda.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 19-20 mart kunlari oʻzgaruvchan bulutli havo boʻlib, 19-20 marta yogʻingarchilik kutilmaydi, 21-22 mart kunlari esa yomgʻir yogʻishi mumkin. 21-22 mart kunlari shamol tezligi kuchayib 15-20 m/s ga yetishi mumkin. Havo harorati 19-20 mart tunlari 2-7 gradus, kunduzi 15-20 gradusov iliq boʻlishi, 21-22 mart tunlari 3-8 gradusov kunduzi esa 13-18 gradusov iliq boʻlishi kutilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida  ham oʻzgaruvchan bulutli havo boʻlib, 19-20 marta yogʻingarchilik kutilmaydi, 21-22 mart kunlari esa yomgʻir yogʻishi mumkin. 21-22 mart kunlari shamol tezligi kuchayib 15-20 m/s ga yetishi mumkin. Havo harorati 19 mart tunda 3-8 gradus va 19-20 mart kunlari 18-23 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda. 20-22 mart tunlari 7-12 daraja iliq boʻlishi va 21-22 mart kunlari  15-20 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida oʻzgaruvchan bulutli havo boʻlib, 19-20 mart kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. 21-22 martda esa — yomgʻir yogʻishi, ayrim hududlarda esa kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin. 21-22 mart kunlari shamol tezligi kuchayib 15-20 m/s ga yetishi mumkin. Havo harorati tunda 3-8 gradus va kunlari 13-18 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda.    

Togʻli hududlarda 19-20 mart kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi, 21-22 martda esa — ayrim hududlarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin. Shu kunlari shamol tezligi ham 15-20 m/s ga yetishi mumkin. havo harorati tunda 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular