07:32 28 Mart 2017
Efir
Narodnaya priyemnaya

Toshkentning har bir tumanida Prezident Xalq qabulxonalari ishga tushdi

© uz24.uz
Jamiyat
Havola olish
21010

Qabulxonalar dushanba – juma kunlari 09:00 dan 18:00 gacha ishlaydi.

TOSHKENT, 18 mar – Sputnik. Toshkent shahrining barcha tumanlarida Xalq qabulxonalari ishga tushdi, deb xabar qilmoqda shahar hokimiyati.

“Hurmatli hamshaharlar! Aholi uzogʻini yaqin qilish, ularning murojaatlari bilan tanishib, muammolarining yechimini hal etish maqsadida, Toshkent shahrida va poytaxtimizning 11 ta tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etildi”, — deyilgan xabarda.

Prezidentining Toshkent shahridagi va tumanlardagi Xalq qabulxonalari dushanba-juma kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha ishlaydi. Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi Mirobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi, 14-uy manzilida joylashgan.

Toshkent shahri tumanlarida faoliyat yuritayotgan Xalq qabulxonalari manzillari:

Bektemir tumani – Husayn Boyqaro shoh koʻchasi, 2-uy.
Mirobod tumani – Nukus koʻchasi, 18-uy.
Mirzo Ulugʻbek tumani – Qalandar koʻchasi, 2-uy.
Sergeli tumani – Sergeli 3-dahasi, Obihayot koʻchasi, 3a-uy.
Olmazor tumani – Talabalar koʻchasi, 54-uy.
Uchtepa tumani – Chilonzor 26-mavze, 1 B-uy.
Shayxontohur tumani – Toʻraqoʻrgʻon koʻchasi, 1a-uy.
Chilonzor tumani – Chilonzor 2-mavze, Arnasoy koʻchasi, 32-uy.
Yunusobod tumani – Osiyo koʻchasi, 4a-uy.
Yakkasaroy tumani – Shota Rustaveli koʻchasi, 85-uy.
Yashnobod tumani – Aviasozlar koʻchasi, 7a-uy.

Asosiy mavzular