21:43 27 Aprel 2017
Efir
Uzbekskaya militsiya na granitse

Bayram oldidan 634 nafar qidiruvda boʻlgan shaxslar ushlandi

© Flickr / Peretz Partensky
Jamiyat
Havola olish
60421

Kirib kelayotgan Navroʻz bayrami va xalq sayllari oldidan huquqni saqlash organlari mamlakatda xavfsizlikni kuchaytirishdi. Respublikaning barcha hududlarida "Tozalash-aksilterror" operatsiyasi boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. Oʻzbekiston huquqni saqlash organlari oʻtkazilgan "Tozalash-aksilterror"  operatsiyasi davomida qidiruvda boʻlgan 634 kishini qoʻlga oldi. Bu haqida Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Davron Nazarmuhammedov RIA novostiga xabar qildi.

"Huquqni saqlash organlarining barcha xizmatlarini jalb qilgan holda keng koʻlamli "Tozalash" operatsiyasi boʻlilb oʻtmoqda. Jamoat tartibini buzuvchilar va shubhali shaxslar IIBga olib kelib roʻyxatdan oʻtkazilmoqda. Qidiruvda boʻlgan 634 kishi qoʻlga olindi", — dedi Nazarmuhamedov.

Uning soʻzlariga qaraganda xalq sayllar boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan 262 hududda jamoat tartibini saqlash, favqulodda vaziyatlarni oldini olish yoʻl harakati va yongʻin xavfsizligi choralari kuchaytirilgan.    

"Navroʻz oldidan barcha qishloq va mahallalarda, ayniqsa chegaraga yaqin boʻlgan hududlarda aholi orasida, ogohlik va ehtiyotkorlikni oshirish maqsadida, tushuntirish ishlari olib borilmoqda", — dedi vazir oʻrinbosari.

"Tozalash-Aksilterror" operatsiyasi Oʻzbekistonning barcha hududlarida 20 fevraldan beri boʻlib oʻtmoqda. Ushbu tadbir kelayotgan Navroʻz bayramida xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu yilgi Navroʻz bayrami katta tantana va xalq sayllari bilan oʻtkazilishi kerakligini taʼkidlagan edi.

Asosiy mavzular