21:49 17 Oktyabr 2017
Efir
otkrыtiye dorogi

Nukus va Istiqbol koʻchalari chorrahasi ochiladi

© Sputnik/ Ilya Pitalev
Jamiyat
Havola olish
30130

Bir necha yil oldin yopilga Nukus va Istiqbol koʻchalari kesishmasi ochishga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Ishchilar yashil oʻtlar va devorni olib tashlamoqda.

TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. Bir necha yil oldin yopilga Nukus va Istiqbol koʻchalari kesishmasi ochishga tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Juma kunidan boshlab yoʻl va kommunal xizmati ishchilari koʻchasi toʻsib turgan yashil oʻtlar va devorni olib tashlamoqda. Bu yerdan endi avtomobillar qatnaydi.

Shahar maʼmuriyatining ushbu qarorini avtomobilchilar xursandchilik bilan kutib olishdi. Koʻpchillikning fikriga koʻra yщlning ushbu boʻlagini ochish shahar markazi hamda Qoʻylik va Fargʻona bozorlari (Risovыy) tomon  boʻlgan harakatni ancha osonlashtiradi.

Shuni aytib oʻtish kerak-ki poytaxtda oldin toʻsib qoʻyilgan koʻchalar birin-ketin ochilmoqda. Xususan, Mustaqillik shoh koʻchasining Tamara Xonim va Qori Niyoziy koʻchalari bilan kesishgan joyida, Afrosiyob koʻchasining Sharof Rashidov va Beshyogʻoch koʻchalari bilan chorrahalarida ham avtomobil harakati qayta tiklangan.

Asosiy mavzular