07:52 21 Avgust 2017
Efir
Gumanitarnaya pomoщ, napravlennaya vlastyami Uzbekistana v Tadjikistan

Tojikiston Oʻzbekistonga minnatdorchilik bildirdi

© MCHS Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
43531

Ogʻir damda koʻrsatilgan yordam uchun chin koʻngildan minnatdorchilik bildirildi.

TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. Dushanbe shahrida joylashgan Oʻzbekiston elchixonasiga Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qoʻmitasi raisi Rustam Nazarzoda tomonidan yozilgan minnatdorchilik maktubi keldi.

Tojikiston FV qoʻmitasi raisi ushbu yil qish mavsumida sodir boʻlgan 500 dan ortiq qor koʻchkilari natijasida ogʻir ahvolga tushib qolgan uzoq togʻli qishloqlari aholisiga koʻrsatilgan gumanitar yordam uchun  minnatdorchilik bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu yilning 7 mart kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirigʻi bilan 60 tonnadan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, qurilish materiallari, koʻmir, issiq kiyim-bosh va boshqa kerakli mahsulotlardan iborat gumanitar yordam Tojkistonning uzoq togʻli hududlariga tezkorlik bilan yetkizib berilgan edi.

Rustam Nazarzoda, shuningdek Oʻzbekiston FVVga ham alohida minnatdorchilik xati yoʻlladi.

"Tojikiston xalqi bunday katta talofat vaqtida, chin koʻngildan koʻrsatilgan hamjihatlik va hamdardlikni yuqori baholaydi. Yuborilgan yordam bu faqat kerakli mahsulotlar boʻlib qolmasdan, balkim koʻp yillik hamkorlik rishtalari bilan bogʻlangan doʻstona xalq tomonidan koʻrsatilgan kuchli ruhiy yordam  boʻldi", — deyilgan qoʻmita rahbari xatida.

Asosiy mavzular