07:34 28 Mart 2017
Efir
Yedinыy portal gosudarstvennыx uslug

Davlat xizmatlari saytlariga kirish bepul boʻldi

© Yedinыy portal gos. uslug
Jamiyat
Havola olish
389 0 0

Ushbu qadam davlat va jamiyat orasidagi munosabatlarni yana bir pogʻona yuqoriga koʻtaradi, davlat xizmatlari sifatini va sonini oshiradi.

TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. Uzmobile milliy uyali aloqa operatori oʻz abonentlari uchun Prezident virtual qabulxonasi, Yagona Interaktiv Davlat Xizmatlari Portali (YAIDXP), Oʻzbekiston Hukumati portali va boshqa davlat tashkilotalri saytlari, Sputnik muxbiri xabariga koʻra.

Ushbu loyiha uyali aloqa operatori va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirligi va "Elektron hukumat"  markazi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Tashabbus mualliflari fikriga koʻra, ushbu qadam  davlat va jamiyat orasidagi munosabatlarni yana bir pogʻona yuqoriga koʻtaradi, davlat xizmatlari sifatini va sonini oshiradi.

IT sohasi vakillari aytishiga qaraganda ushbu tashabbus "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" davlat dasturi doirasida amlaga oshirilgan va Oʻzbekiston 2017-2021 yillardagi rivojlanish strategiyasi tarkibiga kiritilgan.

Ushbu yilning mart oyi holatida YAIDXP portalida 308 ta elektron xizmat tashkil qilingan. Oʻtgan oy davomida portalga qilingan murojaatlar soni bir milliondan oshdi. Bugungi kunda 2400 dan ortiq davlat tashkilotlari oʻz elektron xizmatlarini portalga joylashtirishgan.   

Xabariga koʻra, bepul kirish mumkin  boʻlgan saytlar qatoriga aholi orasida ommaviy boʻlgan e-kommunal.uz, data.gov.uz, regulation.gov.uz kabi saytlar kiritilgan. Uyali operator Oʻzbekistondagi boshqa mobil operatorlari ham ushbu tashabbusga qoʻshilishiga umid bildirmoqda.

Asosiy mavzular